Budjet nazorati


-mavzu: Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

16-mavzu: Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar 
nazorati 
Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 
Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi 
moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti 
ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi. 
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va 
yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot 
shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar 
beriladi. Oylik hisobotda daromadlar byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, aniqlangan reja, 
bajarilishi, bajarilishi foizda va farqi aks ettiriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham 
byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan 
yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va 
farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa 
byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna 
tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari 
tomonidan o’zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga 
quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li 
bilan tuziladi.
Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun 
bo’yicha tuzadi. 
Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar; 
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi 
bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi; 
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari 
rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;


6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida 
ma’lumot. 
Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari 
tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim 
etadi: 
8. 
Balans; 
9. 
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot; 
10. 
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot; 
11. 
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati 
to’g’risida hisobot; 
12. 
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi 
pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
13. 
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari
harakati to’g’risida hisobot; 
14. 
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot. 
 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling