Budjet nazorati


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/131
Sana25.10.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1720162
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

3-tarqatma material: 
Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollardategishli 
tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini 
ko’rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur: 
• qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo’yicha 
ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash; 
• iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab 
etilmaydigan tadbirlar uchun mablag’lar ajratishga yo’l qo’ymaslik; 
• alohida tadbirlarni o’tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini 
ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo’yicha ajratilgan mablag’larni 
chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash; 
• hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar 
smetalarida qabul qilishga yo’l qo’ymaslik. 
4-tarqatma material: 


Budjet tashkiloti xarajatlar smetalarini va shtatlar jadvalini o’rganishda paytida 
quyidagilar tekshirilishi lozim: 
• budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lovi uchun xarajatlar smetasi 
bo’yicha tasdiqlangan summalarining shtatlar jadvali (bunda, xarajatlar smetasidagi 
ish haqi jamg’armasi, xodimlar to’liq to’ldirilmaganligi tufayli mehnatga haq to’lash 
jamg’armasi bo’yicha tejab qolingan mablag’lar summasiga shtatlar jadvalidagidan 
kam miqdorda tasdiqlanishi mumkinligini ko’zda tutish lozim) bo’yicha 
tasdiqlangan ish haqi summalariga muvofiqligi
• ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan shtatlar jadvalini belgilangan 
na’munaviy shtatlar jadvali va shtatlar normativlariga muvofiqligi; 
• shtatlar jadvalida belgilangan lavozimlar bo’yicha maoshlar hamda ularga 
qo’shimchalarning to’g’ri belgilanganligi; 
• budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirish 
maxsus jamg’armasining to’g’ri tashkil qilinishi; 
• umumta’lim, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining Direktor 
jamg’armasi to’g’ri tashkil qilinishi; 
• xarajatlar smetasi bo’yicha tasdiqlangan stipendiyalar uchun xarajatlar 
summasini xarajatlar smetasi bo’yicha hisob-kitoblarga muvofiqligi; 
• "Boshqa xarajatlar" guruhi xarajatlari summasining xarajatlar smetasida 
tasdiqlangan summasiga muvofiqligi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling