Budjet nazorati
Download 0.91 Mb.
|
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet hisobida nazorat
- Joriy nazorat
- Keyingi nazorat
Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi1.
Byudjet hisobida nazorat - bu keng tushuncha bo’lib, maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o’zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat2. Nazorat subyektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir. Nazorat obyektlari – moliyaviy - xo’jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir. Byudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat (1- chizma). 1- chizma: Byudjet nazoratining turlari3. Dastlabki nazorat – byudjet tizimida reja, dastur va smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma‘lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq. Keyingi nazorat – bu o’tgan moliya davridagi zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini, byudjet intizomiga rioya qilinganligini aniqlash va faoliyat natijalarini umumlashtirish uchun amalga oshiriladi. Bunda byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilinishi yoki moliyaviy audit o’tkazilishi mumkin (1- chizma). Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib boradi. Nazorat - funksiyasi orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling