Budjet nazorati
-chizma. O’zbekiston Respublikasida byudjet hisobi va nazoratini yuritilishi chizmasi5
Download 0.91 Mb.
|
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAVLAT BYUDJETI IJROSINI AMALGA OSHIRISHDA BYUDJET NAZORATINING O’RNI VA AHAMIYATI
- Davlat moliyaviy nazorati
5-chizma. O’zbekiston Respublikasida byudjet hisobi va nazoratini yuritilishi chizmasi5
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli xududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining g’aznachiligi va uning xududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi; Davlat maqsadli jamg’armalar (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijga tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi, pensiya jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli byudjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi; Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -byudjet tashkilotlari (5-chizma) tomonidan olib boriladi. Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi ―Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi yo’riqnoma yangi tahriri (O’z.R AV. tomonidan 2018 yil 17-martda № 2169-2 son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. DAVLAT BYUDJETI IJROSINI AMALGA OSHIRISHDA BYUDJET NAZORATINING O’RNI VA AHAMIYATI Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining moliyaviy nazorat obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to’g’risida ma‘lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari: O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan Byudjet tasnifi bo’yicha Byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Byudjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – Byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya Byudjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning bir qator o’ziga xos hususiyatlari mavjud. Bular, avvalo, byudjet tashkilotining mulkchilik asosiga, davlat byudjetini tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog’liqdir. Mazkur asosiy omillarni sxematik ko’rinishda quyidagicha keltirishimiz mumkin (6-chizma): Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling