Budjet nazorati


BYUDJET NAZORATINING SHAKLLARI, TURLARI VA USULLARI HAMDA NAZORAT ORGANLARINING VAKOLATLARI


Download 0.91 Mb.
bet9/13
Sana18.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1210903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Davlat budjeti nazoratini tashkil etish

BYUDJET NAZORATINING SHAKLLARI, TURLARI VA USULLARI HAMDA NAZORAT ORGANLARINING VAKOLATLARI

Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o’rganish shaklida amalga oshiriladi.


Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi:

  • dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

  • joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan;

  • yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet Kodeksining 171-moddasida ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir (1chizma).

Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir:
1. hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab:

  • yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;

  • tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;

2. nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:

  • kompleks nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish;

  • bobli nazorat — moliyaviy nazorat obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;

  • muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va turli moliyaviy nazorat obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga olgan tekshirish.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling