- Budjet tashkilotlarida ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblami buxgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti qo'llaniladi. 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining kreditida hisoblangan ijtimoiy to'lovlar (homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqa, bola tug'ilganda beriladigan nafaqa, dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, kompensatsiya, pensiya, 16 yoshgacha nogiron-bolasi bo'lgan ota-onalaming qo'shimcha ta’til haqi, bolalami sog'lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarni saqlashga va boshqa to'lovlar) summasi, uning debetida esa yuqorida ko'rsatilgan ijtimoiy to'lovlardan belgilangan tartibda ushlangan daromad soliq summasi, ijro varaqalari bo'yicha ushlanmalar summasi va ijtimoiy to'lovlami xodimlarga to'langan summasi aks ettiriladi. 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining debeti bo'yicha qoldiq summasi budjet tashkilotining ishchi va xizmatchilarga ortiqcha berib yuborgan mablag' summasini ko'rsatsa, uning kredit bo'yicha qoldiq summasi esa budjet tashkiloti tomonidan hali to'lanmagan ijtimoiy to'lovlar summasini ko'rsatadi.
- Debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi uchun debitor va kreditor qarzlarni ularni paydo bo'lish sabablari va xususiyatiga qarab hisobga olinadigan schyotlar ro'yxatida quyidagi subschyotlar ko'zda tutilgan:
- 150 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti; 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti; 172 - «To'lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
- 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub-
- schyoti;
- 179 - «Rejali to'lovlar tartibidagi hisob-kitoblar» subschyoti;
- 236 - «Bolalar tashkilotini saqlashga ota-onalaming mablag'lari» subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |