Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish
Download 69.5 Kb.
|
Давлат бюджетдан ташкари максадли жамгармалари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjetdan tashqari fondlar
Davlat byudjetdan tashkari maksadli jamgarmalari Reja:
Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish 1. Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Bozor munosabatlariga o‘tish – iqtisodiy dasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egalik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi. Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo‘li, yangi paydo bo‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan xususiy, aksionerlik, jamoa va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan aralash, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Mamlakatimizda budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bo‘lib, investitsiyalarni jalb etish va boshqalar budjetdan tashqari fondlarning vazifasi hisoblanadi. Davlat moliyasi tarkibida alohida o‘rinni egallaydigan budjetdan tashqari fondlar tegishli hukumat organlarining budjetiga bog‘liq bo‘lmaydi va mustaqil yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Budjetdan tashqari fondlar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. Budjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatini yuqori organlarining tegishli hujjatlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Budjetdan tashqari fondlarni: Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shiladigan fondlar; Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shilmaydigan fondlarga ajratish mumkin. Funksional jihatiga va boshqaruv darajasiga ko‘ra budjetdan tashqari fondlar turli xil bo‘ladilar. Ularni funksional jihatiga ko‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy fondlarga bo‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa, umumdavlat va mahalliy fondlarga bo‘lish mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda bir nechta budjetdan tashqari fondlar faoliyat ko‘rsatmoqda: Pensiya fondi; Bandlik fondi; Yagona yo‘l fondi; Davlat Mulki Qo‘mitasining maxcyc hisob raqami; Maktab ta’limi tizimini rivojlantirish fondi; Davlatning boshqa maqsadli pul fondlari. O‘zgarishga boy iqtisodiy sharoit ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlanishida ham. Budjet mablag‘laridan foydalanishni hukumat organlari qonun asosida qat’iy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari fondlar esa, ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan tashqari fondlar esa, qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu ham budjetdan tashqari fondlarni iqtisodiy sharoitga operativ moslashishini tezlatadi. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu budjet taqchiligidir. Xarajatlarning daromadlardan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat xo‘jalikni va xususiylashtirishni ko‘p qirrali shakllari, budjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlar – bu jamiyatning ayrim maqsadli xarajatlarini moliyalashtirish va kompleks ravishda operativ mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash uchun, davlat orqali jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling