Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish
Download 69.5 Kb.
|
Давлат бюджетдан ташкари максадли жамгармалари
Davlat bandlik fondi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat har bir ishchi va xizmatchini ma’lumotiga qarab, malakasiga qarab ish bilan ta’minlab berishni o‘z kafolatiga olmaydi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotda va ijtimoiy xayotda nomutanosiblik bo‘lmasligi uchun va har bir shaxsni mehnat qilishga haqliligi va erkin sohada shakllanishiga huquqi borligini hisobga olib maxsus moliyaviy muassasa yaratdi. Ushbu tadbirlarni hayotga tadbiq qilishni davlat bandlik fondi amalga oshiradi. Bandlik fondining vazifasi: iqtisodiy tizimni malakali ishchi va xizmatchilar bilan ta’minlash; bir tarmoqdagi ortiqcha mehnat resurslarini qayta malakasini oshirish; maxsus mehnat birjalarini tashkil etish; ishsizlarni moddiy ta’minlash; Davlat bandlik fondini shakllantiruvchi manbalari: xo‘jalik subyektlarini majburiy to‘lovlari (ish haqi fondiga nisbatan 0,2% - 2009-yildan 24 %lik yagona ijtimoiy to‘lov tarkibida); mahalliy va respublika budjetidan ajratmalar; xorijiy va respublika ichidagi xo‘jalik subyektlari hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari. Ushbu manbalar ichidagi xo‘jalik subyektlari majburiy to‘lovlari asosiy moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi va jami daromadlarining qariyib 80 % ini tashkil etadi. Shakllangan bandlik fondi quyidagi yo‘nalishda foydalaniladi: fuqarolarning mehnat joyi bilan ta’minlash; ishsizlik uchun nafaqalar berish; kadrlarni qayta o‘qitish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish uchun; bandlik fondini boshqaruv organini ish haqi bilan ta’minlash. Bozor iqtisodiyoti birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda barqarorlikka erishish bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ham, iqtisodiyotning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish – iqtisodiy islohotlarimizni amalga oshirishning muhim shartidir. Umuman budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling