Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va axamiyati
Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining amaldagi xolatining taxlili
Download 55.65 Kb.
|
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va axamiyati
Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining amaldagi xolatining taxlili
O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, 2022 yil 7 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 107-son qarorini bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 sentyabrda “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 252-son Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorining 1-ilovaga muvofiq, Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizom "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash, pensiya imtiyozlarini qo’llash va fuqarolarni pensiya bilan ta’minlashga bog’liq boshqa masalalarni hal qilish tartibini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasida «pensiya - uni olish huquqi Qonunda belgilangan shartlarga va me’yorlarga muvofiq aniqlanadigan hamda shaxslarga pensiya yoshiga to’lish, nogironlik yoki boquvchisini yo’qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to’lovidir”6. Pensiyaga oid hujjatlar yig’majildituradigan joy — pensiya olish joyi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limidir. Pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish — pensiya tayinlash, pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o’tkazish, shuningdek ilgari to’xtatib qo’yilgan (to’xtatilgan) pensiya to’lashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limiga ariza berishdan iborat. Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi Ro’yxatda ko’rsatilgan. Ro’yxatda xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi; tug’ilgan yili, oyi, kuni, shuningdek xodim yashaydigan joy; tarkibiy bo’linmaning nomi; lavozimi (kasbi); pensiya tayinlash uchun murojaat qilish uchun asoslar; hujjatlar bilan tasdiqlangan umumiy ish staji; imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash huquqini beruvchi maxsus ish staji ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Tashkilot ma’muriyati to’plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi. Qarilik bo’yicha pensiya olish uchun muayyan mehnat stajiga ega bo’lish va qonunda ko’rsatilgan pensiya yoshiga erishish zarur. Pensiya ta’minoti staji deganda Pensiya jamg’armasiga badal to’lovlari to’langan davr tushuniladi. Ish stajiga qonun bo’yicha ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lovlari davri kiritiladi. Pensiyalar miqdori jamiyatda aholi daromadlarining himoyasini ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikka erishish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash imkonini beruvchi pensiyaga chiqish oldidagi ish haqi bilan bog’liq. Ish staji — mehnat daftarchasi va ish joyidan, xizmatdan, o’qishdan yoki arxivdan berilgan boshqa hujjatlar bo’yicha aniqlangan, ishdagi tanaffuslardan qat’i nazar, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti huquqini beradigan mehnat faoliyati va boshqa faoliyatning umumiy davomiyligidir. Ish staji ish, xizmat, o’qish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar bo’yicha belgilanadi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga o’tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh bo’yicha belgilanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida nogironlik boshlangan vaqtga nisbatan yoshga nisbatan talab qilinadigan ish staji mavjud bo’lmagan taqdirda va ish stajiga qo’shimcha ravishda erishish sharti bilan talab qilinadigan ish staji pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kundagi yoshga nisbatan belgilanishi mumkin. Ish bilan band bo’lgan shaxsning ish staji shakl bo’yicha O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan beriladigan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langanligi to’g’risidagi ma’lumotnomalar bo’yicha belgilanadi. Fuqaroning ish staji to’g’risidagi taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligini aniqlash maqsadida Pensiya jamg’armasi bo’limi zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to’g’risida qaror chiqaradi. Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko’rsatmalari asosida ko’rsatib o’tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi. Shaxsning arizasi maxsus daftarda ro’yxatdan o’tkaziladi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan ariza beruvchiga yoki tashkilotning vakiliga ariza qabul qilingan sana ko’rsatilgan holda tilxat, shuningdek olingan va etishmayotgan hujjatlar ro’yxati beriladi.Bunda shaxsning pensiya olishga bo’lgan huquqi, talab etiladigan ish staji mavjudligi, shuningdek pensiya tayinlash uchun asos hisoblanadigan hujjatlarning mavjudligi ko’rib chiqiladi. Pensiya jamg’armasi bo’limi tashkilotdan yoki shaxsdan qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishni oxiriga etkazishni va qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ushbu hujjatlarning to’g’ri berilganligini tekshirib ko’rish huquqiga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdori oshirildi va mehnatga haq to’lash bo’yicha yangi setka amalga kiritildi. Indeksatsiya miqdori 7 foizni (1,07 baravar) tashkil etadi. Yangi setga muvofiq, respublika hududida: mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori (MHEKM) – oyiga 679 330 so’m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so’m; eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so’m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so’m; zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so’m. Bazaviy hisoblash miqori (223 000) o’zgarishsiz qoldirildi. Umuman olganda, istiqlol bergan imkoniyatlar va Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan huquqlar tufayli mamlakatimiz pensiya ta’minoti tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. O’zida eng avvalo inson manfaatlarini aks ettirgan ko’plab o’zgarish va yangiliklarga qo’l urildi. O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuniga kiritilayotgan o’zgartish va qo’shimchalar fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Pensiya jamg’armasi faoliyatiga doir qabul qilingan huquqiyme’yoriy hujjatlar: davlat pensiya ta’minoti tizimidagi qonunchilik bazasini va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish; pensiya tizimini takomillashtirish va davlat organlari hamda ularning joylardagi boshqarmalari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish; Pensiya jamg’armasi daromadlari bazasini mustahkamlash; pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lovlarini o’z vaqtida ta’minlash; Pensiya jamg’armasi tarkibiy bo’linmalarining moddiy-texnik bazasining sifatini va jihozlanganlilik darajasini yaxshilash hamda davlat pensiya tizimidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish imkonini beradi. Shuningdek, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning to’g’ri, asosli va qonun doirasida tayinlanishiga va fuqarolarning ijtimoiy barqarorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bunday g’amxo’rlik va imtiyoz ham davlatimizning pensionerlar ijtimoiy himoyasiga doimiy e’tiborining yaqqol ifodasidir. Download 55.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling