Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va axamiyati
Download 55.65 Kb.
|
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va axamiyati
Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va axamiyati Reja Kirish Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining iqtisodiy moxiyati va nazariy asoslari Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining amaldagi xolatining taxlili Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining xorij tajribasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish ko’zda tutilgan. Ushbu yo’nalish, jumladan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish”2 chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. O`zbekiston dunyo aholisi muayyam o`suvchi davlatlar qatoriga kiradi. Respublika aholisining tarkibida yoshlar katta qismini egallashiga qaramasdan, keksalar soni o’sishi bir maromda saqlanib qolmoqda. Mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi yanada yaxshilanib, o’sish tendensiyaga ega bo’lmoqda. Shu sharoitda o’z navbatida, ijtimoiy sug’urta masalalarini taqqoslaganda e’tiborni ko’proq berib, shundan pensiya tizimiga bog’liq masalalar alohida ijtimoiy iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra, davlatimizda pensiya tizimini ijtimoiy siyosatning yuqori ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’rilmoqda. O’zbekistonda aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirishga asoslangan demokratik ja’miyat qurish singari maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlat maqsadli jamg’armalarining, asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining hozirgi va kelajakdagi rivojlanishining hisobga olmaslikning iloji yo’q. O’zbekistonda pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, sababi u deyarli hamma fuqarolarning umrlik huquqlari bilan bog’liq ekan, fuqarolar mehnat qobiliyatini yo’qotganda shu tizim orqali ijtimoiy himoyalanadi. Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining iqtisodiy moxiyati va nazariy asoslari Qattiq nazorat qilinadigan pensiya yoshi, pensionerlar soni va sug’urta badallarini to’lovchilar soni o’rtasidagi nisbat pensiya ta’minotini tartibga soluvchi asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti prognozlariga ko’ra XXI asr o’rtalariga kelib Yer shari aholisi soni 9 mlrd. kishidan oshib ketadi. Shu bilan bir qatorda tug’ilish darajasi o’rtacha ko’rsatkichga qadar pasayib 0,215 promilleni tashkil etishi, kutilayotgan umr davomiyligining o’rtacha ko’rsatkichi, 76 yoshni, rivojlangan mamlakatlarda esa 80 yoshdan oshib ketishi bashorat qilinmoqda. 1992 YIL 8 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasi o’n ikkinchi chaqirig’ida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” deb ko’rsatilgan. Amaldagi Soliq Kodeksi: Pensiya jamg’armasiga undiriladigan majburiy to’lovlar va ajratmalarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda Pensiya jamg’armasiga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi; yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibini; Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitoblarini taqdim etish va ularni to’lash tartibini; Pensiya jamg’armasiga to’langan majburiy to’lovlar va ajratmalar bo’yicha taqdim etiladigan hisobotlarning muddatlari va tartibini belgilaydi. Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining har yili o’rtacha 0,2 foizga qisqarib borishi XXI asr o’rtalariga kelib Evropa aholisining yarmi pensionerlardan iborat bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu esa mehnatga layoqatli aholi uchun bog’liqlik koeffitsietining kamayishiga olib keladi. «Misol uchun, 2040 yilga borib har bir frantsuz ishchisiga bir nafardan pensioner to’g’ri kelishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Ushbu nisbat har qirq yilda o’zgarib borgan, jumladan, 2000 yilda ikki nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan bo’lsa, 1960 yilda to’rt nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan»3. Pensiya badallari to’planishi qattiq nazorat kilinmasa pensiya to’lovlarida davlat moliya tizimi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. «Taqsimotga asoslangan pensiya tizimi bir pensionerga 3-4 nafar ishlovchi to’g’ri kelgan vaqtdagina samarali hisoblanadi. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning aksariyatida XX asr boshlarida 65 va undan katta yoshdagi aholiga 4-5 nafardan mehnatga layoqatli aholi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2020-2025 yillarga borib ushbu nisbat Evropa mamlakatlarida 1/2,5, AQShda esa 1/3,5 ni tashkil etishi kutilmoqda»4. «AQShda pensiyaga chiqish yoshini bosqichmabosqich uzaytirish jarayoni 1983 yildan boshlangan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 67 yoshgacha uzaytiriladi. Buyuk Britaniyada pensiyaga chiqish ayollar uchun 65 yosh, keyinchalik 2024-2046 yillarda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 68 yoshga qadar uzaytiriladi». O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi” deb nomlangan XVI bobda fuqarolarning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha huquqlari, shuningdek, davlat ijtiomiy sug’urtasi bo’yicha beriladigan nafaqalar, davlat pensiyalari, ularning turlari aks ettirilgan. Mehnat Kodeksiga ko’ra: – yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar 60 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar 55 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 20 yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi; – nogironlik pensiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan, sug’urta qilingan xodimlarga: mehnatda mayib bo’lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli – mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar; boshqa sabablar tufayli – muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi; – boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi. Pensiya jamg’armasi faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” 252-sonli Qarori va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 28-dekabrdagi “Ulug’ vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan shaxslarga pensiyalarni to’lash tartibi to’g’risida”gi PF-1334-sonli Farmoni muvofiq Ulug’ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pensiyalar to’liq miqdorda to’lanadigan bo’ldi. Bizga ma`lumki har bir tizimni taribga solish uchun qonuniy-me`yoriy asoslari boladi. Xususan davlat pensiya ta`miotining ham bir qancha qonuniyhuquqiy asoslari mavjud bo’lib, bular pensiya ta’minotini faoliyat ko’rsatishi uchun, ushbu faoliyat ustidan nazorat o’rnatish uchun muhim richak vazifasini o’taydi. Ushbu hujjatlarning asosiylarini biz quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (1-jadval). Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning huquqiy asosini tashkil qiluvchi asosiy hujjatlar5
Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi to’g’risida”gi PQ2302-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu dastur asosida Pensiya jamg’armasiga ham ma’lum vazifalar yuklatildi. 100 yoshga to’lgan pensionerlarga etarlicha e’tibor ko’rsatishni kuchaytirish va ularni moddiy qo’llab-quvvatlash; pensionerlarni ijtimoiy muhofaza qilish; keksalar uchun pensiya tayinlashning eng qulay tizimini joriy etish. Bunday tizim Pensiya jamg’armasining amaldagi axborot tizimi negizida pensiya tayinlash jarayonida ishtirok etuvchi davlat organlari o’rtasida ma’lumotlarni elektron tarzida ayirboshlashning integratsiyalashgan tizimini yaratish hamda 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti veteranlariga eng qulay turmush sharoitlarini yaratish va ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega, deb belgilangan. Har bir fuqaro ana shu konstitutsiyaviy huquqlardan foydalangan holda jamiyat tomonidan ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy ta’minotdan foydalanishi mumkin. Har bir jamiyatda aholi daromadlari siyosati pensiya qonunchilik hujjatlarda belgilangan quyidagi tamoyillar asosida yuritiladi: - pensiya tizimida ijtimoiy adolat; - ijtimoiy hamkorlik va aholining barcha qatlamlarining birdamligi; - fuqaroning moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat; - mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish; - kasbiy uyushmalar huquqi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlarito’g’risida”gi Farmoni pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog’liq barcha vakolatlar to’liq o’tkazildi. Mazkur hujjatda Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida, to’liq miqdorda moliyalashtirish, to’lovlar ustidan monitoring yuritish, pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi. 2022 yil yanvardan pensiya qonunchiligiga pensiyalar miqdorining Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirishda fuqarolar hissasiga bog’liqligini kuchaytirishga qaratilgan qator o’zgartishlar kiritildi. Ayrim toifadagi shaxslarning pensiya ta’minoti huquqi, ish stajini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatining ba’zi davrlarini hisobga olish optimallashtirildi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish maqsadida yoshga doir pensiya tayinlash uchun mehnat stajining eng kam chegarasi belgilandi. Respublikamizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida 2015 yil 18 fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi to’g’risida»gi 2302-son Qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo’linmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig’majildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazilishi va Pensiya jamg’armasi bo’linmalariga topshirilishini ta’minlandi. Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya jamg’armasining yangi tashkil etilayotgan bo’linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha tadbirlar tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga, normativ-huquqiy bazasiga hamda joylarda aholiga hizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarning moddiy-texnik mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Fuqarolarning pensiya ta’minoti xarajatlarini optimallashtirish, mablag’larning maqsadli sarflash va pensiya to’lovlari ustidan nazorat kuchaytiriladi. Quyidagi rasmda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadlari berilgan. Download 55.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling