Budjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi


Download 19.74 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi19.74 Kb.
#99916
Bog'liq
budjetlararo munosabatlar


Budjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi.

ma’lumki, budjetlararo munosabatlar bevosita budjet ssudasi tushunchasi va ushbu tushГncha bilan bog’liq turli hil munosabatlar yig’indisdan shakllanadi. Budjet ssudasi tushunchasini atroflicha o’rganish budjetlararo munosabatlarning yuzaga kelishida eng muhim asosdir. Shunday ekan budjet ssudasiga alohida ta’rif berishimiz budjetlararo munosabatlarni tushunishimizning tamali sifatida qarashimiz noto’g’ri bo’lmaydi.

Budjet ssudasi-qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga, rezident yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag’laridir. Ko’rinib turibdiki, budjet ssudasi yuqori turuvchi budjet tashkiloti tomidan quyi turuvchi budjet tashkilotiga ajratiladigan pul mablag’lari faqat keskin e’tirof etilishi zarur bo’lgan qismi quyi tshkilot ham o’zlshtirilgan ushbu mablag’larni yuqori turuvchi tashkilotga qaytarib berish sharti yuklatiladi. Bu esa o’z navbatida budjet tashkilotlariaro munosabatlarning yuzaga kelishini qarz munisabatlarining yuzaga kelishini taqazo etadi.

Aslini olib o’rganganimizda, budjet ssudalari budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida yuzaga keladigan vaqtinchalik kassa uzlishlarini qoplab turish uchun yuqori tashkilot tomonidan quyi tashkilotga berilishi lozim bo’lgan pul mablag’laridir. Ammo ushbu pul mablag’larini yo’naltirish, u ustidan nazoratni olib boorish, bevosita huquqiy meyoriy hujjatlar bilan ham mustahkamlab qo’yilishi tabiiy albatta. Jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetlarga budjet ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini so’ndirish to’g’risidagi Nizom fikrimizning yorqin ifodasidir. Ushbu Nizomga muvofiq budjet ssudalari quyidagi maqsadlar uchun beriladi:



  1. Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi rejalashtirilgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga;

  2. Daromadlar tushumi bilan xarajatlarni amalga oshirilishi orasidagi haqiqiy vaqtinchalik kassa uzilishini qoplashga;

  3. Budjetlarning rejalashtirilgan xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirilishi uchun.

Ko’rinib turibdiki ssudalar ham budjet tashkilotlari o’rtasida turli xil munosabatlarni yuzaga keltiruvchi bir tipdir. Ammo bu tip shunchaki yuqori tashkilotlar tomonidan beribgina qolmasdan ularni qayatrish, qoplash ham muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayondir. Endi masalaning bu qismiga quyi turuvchi budjet tashkilotlari nuqtai nazari bilan qarashimiz talab etiladi. Budjet ssudalarini qoplash turli xil qadamlar yoki yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • Mablag’larni ssuda olgan mahalliy budjetga kelib tushadigan mablag’lari hisobidan to’lov topshiriqnomasiga asosan o’tkazish;

  • Yuqori budjetlardan mahalliy budjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar hisobiga o’zaro hisob kitoblar;

  • Yuqori budjetlar bilan mahalliy budjetlar o’rtasidagi hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorlik hisobiga o’zaro hisob kitoblar;

  • Mablag’larni ssuda olgan quyi mahalliy budjetning asosiy schotiga ssuda bergan moliya tashkiloti tomonidan qo’yiladigan inkasso topshiriqnomasi orqali undirish.

Budjet tashkilotlarida har biro lib borilayorgan munosabat yoki operatsiya jarayonida ma’lum bir maqsad yoki vazifa yotishi sir emas. Xuddi shu kabi budlar aro munosabatlarning ham maqsadi va ushbu maqsadlardan kelib chiqqan vazifalari mavjuddir. Moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida budjet ssudalari hisobini tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad foydalanuvchiga budjet ssudalari bo’yicha asoslangan buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berishdan iboratdir.

Bulardan kelib chiqqan holda moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida budjet ssudalarini tashkil etishda buxgalteriya hisobining vazifalarini quyidagilar etib qat’iy belgilab qo’yildi:



  • Amaldagi qonunchilikka asosan budjet ssudalari hisobini tashkil etish va yuritish;

  • Budjet ssudalri hisobiga oid muomilalarni hujjatlashtirish yordamida ro’yxatga olish hamda ularni hisob registrlarida aks ettirish;

  • Budjet ijrosi jarayonida budjet ssudalari holati hamda harakatiga oid axborotlarni buxgalteriya hibvaraqlarida aks ettrish;

  • Berilgan budjet ssudalarini o’z vaqtida qaytarilishi nazorat qilish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda o’zaro hisoblashuvlar bo’yicha beriladigan mablag’larga o’tkazish;

  • Davlatning ichki va tashqi qarzllari ustidan nazorat olib boorish;

  • Budjet ssudalari bo’yicha muomilalarni hisobotlarda to’g’ri aks ettirib borish va boshqalar.

Yuqorida keltirib o’tilgan jarayonlar budjet ssudasining aylanishi yoki ularning qaysidir ma’nodagi sirkulyatsiyasini tashkil etayotganini ko’rishimiz mukin bo’ladi. Ammo bu jarayonlarning barchasi malum hujjatlarda aks ettirilishi ham yuqori turuvchi budjet tshkiloti ham quyi turuvchi budjet tashkiloti uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi omildir. Shunday ekan bevosita budjet ssudalarini ayalnish operatsiyasiyasini ma’lum hujjatlarda aks ettirish yoki uni hisob registrlarida aks ettirish ham muhim sanaldi.

Beriladigan va olinadigan budjet ssularini hujjatlashtirish quyidagicha amalaga oshiriladi va o’rganiladi:



  1. To’lov hujjatalri ilova qilinga bank ko’chirmalarida;

  2. Memorial orderda;

  3. Budjet ssudalari bo’yicha budjetlar o’rtasidagi hisob kitoblar hisobi kitobida;

  4. Bosh juralda

  5. Hisobot shakllarida.

Yuqorida keltirib o’tilgan hujjatlarlar aylanma budjet ssudalari ustidan nazoratni ta’minlasa, ikkinchinchi tarafdan hujjatlar ustidan tartib va bu o’z navbatida budjet tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tekshirish jarayonida vaqt tejalishi ta’milaydi.

Xulosa o’rnida shu aytish mumkinki, budjet tashkilotlari o’rtasida amalga oshiriladigan munosabtlar umumiy budjet tizimining borligini ta’minlaydi. Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlar, mulohazalar birgina budjet ssudasi na’munasida o’z aksini topdi. Ko’rinib turibdiki daromadlar va harajatlar o’rtasidagi uzilishlar budjet tashkilotlarida ko’p kuzatilishi mumkin bo’lgan jarayondir. Bu esa o’z navbatida budjet atshkilotlarining bir me’yorda ushlab turilishi, ularning barqarorligi ta’minlash uchun budjetlararo munosabatlarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Download 19.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling