Kuchsiz asos va uning tuzidan iborat buffer tizim.
Klassik nazariya bo`yicha bufer eritmalar-bu kuchsiz kislota va uning bir ismli tuzi yoki kuchsiz asos va uning bir ismli tuzi eritmalari, yoki ko`p protonli kislota tuzlari aralashmasidir.
Bufer eritma vazifasi -eritma pH ini eritmaga oz miqdorda kuchli kislota yoki asos kiritilganda , suv bilan suyultirilganda doimiy holda o`zgartirmasdan ushlab turi
shidir. Agar suvda eritilgan moddada suv molekulasiga nisbatan protono-donorlik xususiyati kuchsizroq bo`lsa, u holda eritilgan modda suvli eritmada asos xossasini namoyon qiladi:
CH3COOH+ H2O CH3COO- + N3O+ (3)
kisl.1 + asos.2 asos.1 + kisl.2.
NH3 + H2O NH4+ + OH- (4)
asos.1 + kisl.2 kisl.1 + asos.2.
Agar suvli eritmada suv molekulasiga nisbatan protono-donorlik xossasini kuchli bo`lgan boshqa eritilgan modda bo`lsa, u holda reaksiyada suv emas balki ana shu modda ishtirok etadi:
CH3COOH + NH3 CH3COO- + NH4+
kisl.1 + asos.2 asos.1 + kisl.2
Kislota har doim birinchi galda kuchliroq asos bilan reaksiyaga kirishadi, asos esa kuchliroq kislota bilan reaksiyaga kirishadi, shuning natijasida kuchsizroq kislota va kuchsizroq asos hosil bo`ladi. Protolitik nazariya bo`yicha har doim yangi asos va yangi kislota hosil bo`ladi.
Arrenius nazariyasi bo`yicha tuz va suv hosil bo`lar edi.
Har bir bog`langan juftning kislota-asos xossalarini umumiy holda xarakterlash mumkin emas, balki faqat konktret erituvchida,masalan xususiy holda suvda xarakterlash mumkin. Masalan(3) reaksiya uchun muvozanat konstantasi ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
Ka-sirka kislotasining dissotsilanish konstantasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |