Bufer sistemalar tayorlashva ularning xossalarini o`rganish
NЕYTRАLLАNISH ISSIQLIGINI ANIQLASH
Download 178.84 Kb.
|
3-labaratoriya ishi bufer sistemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilish tartibi: Eritmalarning hosil bo`lishidagi issiqlik effekti.
- Eritma hosil bo`lishida hajmning o`zgarishi.
- Xlorid kislotaning ishqor eritmasi bilan neytrallanganda issiqlik effektini aniqlash.
- Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
NЕYTRАLLАNISH ISSIQLIGINI ANIQLASHIshning maqsadi: moddalarning hosil bo`lish va parchalanish issiklik effektlarini aniqlash. Kerakli asbob – uskuna va reaktivlar: Termometr; stakan (100 ml); o`lchov silindr; Probirkalar; ammoniy nitrat; suvsiz kaltsiy xlorid; konsentrlangan H2SO4; 2 n xlorid kislota; 2 n NaOH eritmasi. Ishning bajarilish tartibi: Eritmalarning hosil bo`lishidagi issiqlik effekti.Ikkita probirka olib, unga 3 ml suv soling va uning haroratini o`lchang. So`ngra biriga 2-3 mikroshpatel ammoniy nitrat, ikkinchisiga esa xuddi shuncha miqdorda suvsiz kaltsiy xlorid (yoki natriy gidroksid) soling. Hosil bo`lgan eritmalarni aralashtirib, haroratini o`lchang. Nima uchun bir probirkada haroratning pasayishi, ikkinchisida esa,ko`tarilishi kuzatildi? Erigan moddalarning kristall panjara energiyasi va ionlarning gidratlanish issiqligini taqqoslash orqali javobingizni asoslang.
Eritma hosil bo`lishida hajmning o`zgarishi.100 ml stakanga 30 ml suv solib, unga asta-sekin 30 ml konsentrlangan sulfat kislota qo`shing. Eritmani aralashtiring va sovuting. So`ngra uning hajmini o`lchang. Nima uchun hosilbo`lgan eritmaning hajmi o`zaro qo`shilgan moddalarning hajmiga teng kelmaydi? Erish jarayonining mexaniziminihisobga olgan holda javob bering. Xlorid kislotaning ishqor eritmasi bilan neytrallanganda issiqlik effektini aniqlash.Tajriba oddiy kalorimetrda o`tkaziladi. Kalorimetr 200-300 mlli tashqi stakan va 0,1 darajalarga bo`lingan termometr tushirilgan ichki stakandan iborat. Tashqariga issiqlik o`tkazishni kamaytirish uchun ichki stakan po`kak probka ustiga kiyiladi. Kalorimetrning ichki stakanning 0,1 g aniqlik bilan tortib oling (m1), so`ngra unga byuretkadan 25 ml 1 n xlorid kislota eritmasidan quying va stakanni yana kalorimetrga joylashtiring. Boshqa quruq stakanga esa byuretkadan 25 ml 1 n ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasidan quying. Xlorid kislota eritmasining haroratini 0,10S aniqlik bilan o`lchang. Ishqor eritmasining haroratini o`lchash shart emas, chunki ikkala eritma bir xonada saqlanganligi uchun 1 xil haroratga ega bo`ladi. Termometrni kislota eritmasidan chiqarmay turib, tezlik bilan ishqor eritmasini kislotaga quying.Eritmani ehtiyotlik bilan termometr yordamida aralashtirib turib harorat o`zgarishini kuzating. Harorat ko`tarilishi to`xtagandan so`ng, eritma haroratini belgilab oling. Eritma uy haroratigacha sovigandan so`ng, kalorimetrning ichki stakanini eritma bilan birga 0,10S aniqlik bilan tortib oling (m2).Tajriba ma’lumotlarini jadvalga kiriting va hisoblang.
Neytrallanish reaksiyasi vaqtida ajralib chiqqan issiqlik eritmani isitishga sarflanadi. Eritmaning issiqlik sig`imi suvning issiqlik sig`imiga teng deb,qabul qilish mumkin. Kalorimetrni isitishga sarflangan issiqlikni hisobga olmasa ham bo`ladi. Eritma massasini ushbu ayirmadan aniqlaymiz: Tajriba natijasida ajralib chiqqan joullar bilan ifodalangan issiqqik miqdori 25 ml 1 n, ya’ni 25/1000 g 0,025 g/ekv eritma neytrallanganda hosil bo`ladi. Issiqlik effekti esa bir g/molga nisbatan olinadi va kj/mol (yoki kkal/mol)da ifodalanadi. Demak, Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari Tеrmоdinаmikа nimаni o’rgаnаdi? Tеrmоdinаmikаdаgi аsоsiy tushunchаlаrga izоh bеring. Tеrmоdinаmikаning birinchi qоnuniga ta’rif bering?. Izоbаrik, izохоrik vа izоtеrmik vааdiаbаtik jarayonlarni tushuntiring. Tеrmоkimyo. Lаvuаzе-Lаplаs qоnuni nima?. Gеss qоnuni, undаn kеlib chiqаdigаn хulоsаlаr. Download 178.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling