Bufer sistemalar va ularning ahamiyati. Reja: Kirish
Bufer sistemalarning buffer sig`imi
Download 35.98 Kb.
|
Bufer sistemalar va ularning ahamiyati. Reja Kirish-fayllar
Bufer sistemalarning buffer sig`imi.
Bufer eritmalaming pH qiymatini saqlab turish imkoniyati cheksiz emas.Ular ma’lum bir miqdor kislota yoki asos qo‘shilgandan so‘ng pH qiymatini o‘zgartiradi. Bufer eritmaning bu xossasi bufer sig‘imi bilan baholanadi. Bufer sig'imi - 1 litr bufer eritmaning pH qiymatini bir birlikka о ‘zgartirish uchun qo‘shilishi kerak bo'lgan kuchli kislota yoki asosning mol(millimol) dagi miqdori bilan о‘lchanadi: B=C/pH 1 -pH o Bu yerda В - bufer sig‘imi; С - kuchli kislota yoki asosning miqdori; pH 0 - kislota yoki asos qo‘shilgunga qadar bo‘lgan eritmaning vodorod ko‘rsatkichi; pH 1 - kislota yoki asos qo‘shilgandan keyingi vodorod ko‘rsatkichi. Bufer sig‘imi - bufer aralashmadagi tarkiblar konsentratsiyasiga va bu konsentratsiyalar nisbatiga bog‘liq. Har qanday bufer eritmaning bufer sig‘imi C kislota = C tuz bo'lganda eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Bufer sistemalar tirik a’zolar uchun muhim ahamiyatga ega. A’zolardagi modda almashinish jarayonida ko‘p miqdorda kislotali va asosli xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar hosil bo`ladi. A’zolardagi moddalar bufer xossaga ega ekanligidan ularda pH ning qiymati bir xilda saqlanadi. Biologik sistemalarda pH qiymatini, masalan qonda 7,4 dan 0,4 birlikka kamayishi yoki ko‘payishi butun organizmning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan shu narsa tushunarli bo'ladiki, pH ni berilgan tabiiy qiymatlarda o‘zgartirmay turish tirik a’zolar uchun katta ahamiyatga ega. Odam a’zolari uchun asosan gidrokarbonatli, gemoglobinli, fosfatli va oqsil bufer sistemalari muhim ahamiyatga ega. Gidrokarbonatli bufer asosan hujayra tashqarisidagi buferdir. U karbonat kislota va natriy gidrokarbonat (yoki K HC03) dan tashkil topgan bo`lib, qonning kuchli bufer sistemasi hisoblanadi. Qonning umumiy bufer ta’sirining deyarli 10 foizi gidrokarbonatli buferga to‘g‘ri keladi. Qon pH ining normal qiymatida, ya’ni pH = 7,4 da, gidrokarbonat bufer sistemasining tarkiblar nisbati H 2 CO 3 :NaHCO 3 = l:20 ni tashkil etadi. Qonga kuchli kislota yoki asos tushganda gidrokarbonat bufer sistema ta’sirini quyidagi sxemalarda tasvirlash mumkin: Download 35.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling