Bug‘ kuch qurilmasining nazariy sikli Regenerativ siklli bug‘ kuch qurilmasi


Download 210.03 Kb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi210.03 Kb.
#1165967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bug‘ turbinali qurilma

11-rasm. Turbinaning ishlash tarzi.
1-val; 2-disk; 3-ishchi kuraklar; 4-soplo
Bosimi yuqori bo‘lgan va odatda temperaturasi ham yukori bo‘lgan ishchi jism (bug‘, gaz, suyuklik) soplo apparatiga kiradi. Soplolarda bug‘ kengayadi, uning bosimi pasayadi va tegishlicha tezligi ortadi, ya’ni soplo apparatida bug‘ning ichki energiyasi kinetik energiga aylanadi. Ikkinchi bosqich ishchi kuraklar hosil qilgan kanallarda sodir bo‘ladi, bu yerda bug‘ning kinetik energiyasi diskning va u bilan bog‘langan turbina valining harakatlantiradigan mexanik ishiga aylanadi.Turbina bosqichlariga bug‘ qo‘zg‘almas va aylanuvchan kanallar tizimi bo‘yicha o‘tadi. Shuning uchun harakat turiga ko‘ra bug‘ning uch xil tezligi bo‘ladi: C – absolyut tezlik; I – ko‘chma harakat tezligi, u turbina diskining aylanma tezligiga teng; w – nisbiy tezlik.
Bug‘ning soploga kirish oldidagi, soplodan keyingi va kuraklardan keyingi parametrlari tegishlicha 0,1,2 indekslar bilan belgilanadi. Ishchi kuraklar mahkamlangan bitta diskli soplo apparati turbinaning bosqichini hosil qiladi. Bittta bosqichdan iborat bo‘lgan turbina bir bosqichli turbina deyiladi. Bir necha bosqichdan iborat bo‘lgan turbinalar ko‘p bosqichli turbinalar deyiladi.
Aktiv turbina. Aktiv turbina kuraklari panjarasining kanallarida bug‘ oqimi buriladi. Bug‘ oqimi harakat miqdorining o‘zgarishi kuraklarga va aylanuvchan diskka hamda turbina valiga ta’sir etuvchi aktiv kuchga aylanadi (15.12-rasm). Ish kanallarida aktiv kuch ta’sir etuvchi turbina aktiv turbina deyiladi.
Parametrlari po, co va to bo‘lgan bug‘ soplo 1 ga kiradi. Parametrlari p1, c1 va t1 bo‘lgan bug‘ soplodan kuraklar 2 ning kanallariga o‘tadi, bu yerda bug‘ning bosimi o‘zgarmasligicha qoladi. (p1= p2), tezligi esa s1 dan s2 gacha pasayadi, ya’ni bug‘ning kinetik energiyasi disk 3 ni va u bilan bog‘liq bo‘lgan turbina vali 1 ni aylantiruvchi mexanik ishga aylanadi. Turbina valiga tushadigan kuch bug‘ oqimi burilgandagina uzatilgani tufayli, kuraklar kuchli bukilgan aktiv profilli bo‘lishi kerak. Kuraklardan oldingi va ulardan keyingi bug‘ tezliklarining kattaligi va yo‘nalishini kirish va chiqish tezlik uchburchaklari qurib aniqlash mumkin (15.13 - rasm). Jumladan, nisbiy tezlik vektori ushbu geometrik ayirmadan aniqlanadi:

w1=C1-U





Download 210.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling