Bug‘ turbinalarini rostlash


Download 175.78 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi175.78 Kb.
#1043070
Bog'liq
9-Mavzu (1)


Bug‘ turbinalarini rostlash

Turbina aylanishining mexanik energiyasi generatorda elektr energiyasiga aylantiriladi va u iste’molchiga yuboriladi. Shuning uchun turbina validagi mexanik energiya qiymati bilan generatordan olinadigan elektr energiyasi qiymati orasida qat’iy munosabat o‘rnatiladi. Bundan kelib chiqadiki, elektr generatoridan olinayot-gan elektr yuklama qiymatining har qanday o‘zgarishi bilan turbina validagi mexanik energiya ishi o‘zgaradi


Agar bug‘ turbinasi vali mexanik ishni sarflaydigan qurilma, ya’ni nasos, kompressor bilan bevosita ulangan bo‘lsa, bu qurilma yuklamasi o‘zgarishi ham bug‘ turbinasi validagi mexanik ishni o‘zgartiradi
Bug‘ turbinasi salt yurishdan to maksimal quvvatgacha diapa-zonda turg‘un ishlashi kerak. Bug‘ turbinasi validagi quvvat bilan turbinadagi bug‘ sarfi orasida ma’lum munosabat hosil bo‘ladi va shu sababli turbina validagi yuklamaning har qanday o‘zgarishi turbinaga bug‘ sarfi o‘zgarishiga olib kelishi kerak.
Turbina valining ma’lum yuklamasida bug‘ sarfi va valdagi aylantiruvchi moment orasida doimiy munosabat saqlanadi. Yuklama o‘zgarganda bu munosabat o‘zgaradi va turbina valining aylanishlar soni o‘zgaradi. Turbina aylanishlar sonini o‘rnatilgan kattalikka qaytarish uchun rostlovchi qurilmalar bug‘ sarfini o‘zgartirishi kerak.
Turbina uchun momentlar tenglamasi quyidagicha yoziladi:

bu yerda: Me — turbina muftasidagi aylantiruvchi moment, N•m;
Me.m — generatordagi foydali reaktiv moment, N•m;
My — podshipnik va generatordagi yo‘qotishlar tufayli ke-
lib chiqadigan tormozlovchi moment, N•m;

It, Ig — turbina va generator rotorlaridagi inersiyalar mo-mentlari, N•m•s2;


dw/dt — rotorlar burchak tezlanishi, 1/s2.
Agar turbina vali aylanishlar soni o‘zgarmas bo‘lsa (n = 0), burchak tezlanish dw/dt = 0 bo‘lib, quyidagi formulani yozish mumkin:
Me = Me.m. + My.
Bu tenglamaga quyidagicha o‘zgartirish kiritish mumkin:

bu yerda: Ne — turbina muftasidagi effektiv quvvat, kW;


Ne.q. — iste’molchining elektrgeneratori klemmalaridan ola-yotgan elektr quvvati, kW;
Ny — podshipnik va generatordagi yo‘qotishlar, kW. Elektr generatoridan iste’molchi olayotgan elektr quvvat
qiymatining o‘zgarishi yuqoridagi tenglikning buzilishiga olib keladi:

va bu turbina vali aylanishlar sonining ortishiga yoki kamayishiga olib keladi. Ne.q. ortishi n kamayishiga olib keladi. Aksincha, Ne kamaysa, turbina vali aylanishlar soni ortib ketadi.
Avtomatik rostlanadigan turbinalarda bug‘ taqsimlash qurilmalari turbina vali aylanishlar soni rostlagichi (regulatori), ya’ni tezlik rostlagichi bilan bog‘langan.

Turbina vali aylanishlar soni rostlagichi aylanishlar soniga bog‘liq markazdan qochma kuch ishiga asoslanadi (26.1-rasm).


Bug‘ turbinasi vali aylanishlar soni ortganda m yuklar markazdan qochma kuchlar ta’sirida AO radius bo‘yicha z1 masofaga uzoqlashadi. Bunda mufta C nuqtadan C1 nuqtaga z masofaga ko‘chadi. Aylanishlar soni kamayganda esa yuklar bir-biriga yaqinlashadi va mufta pasayadi. Muftaning ko‘chishidan turbinaga bug‘ sarfini o‘zgartirish uchun foydalaniladi.


Bunday rostlagichlarni harakatga keltirishda tishli uzatish mexanizmidan foydalaniladi va bu ularning katta kamchiligidir.


26.1-rasm. Markazdan qochma rostlagich sxemasi.


Impuls markazdan qochma rostlagichdan rostlovchi klapanlarga mexanik bog‘lanish (richaglar) yoki gidravlik ta’sir (moy bosimi) orqali yetkazilishi mumkin.

Amalda keng tarqalgan gidrodinamik rostlagichlarning ishlash prinsipi turbina valida joylashgan markazdan qochma nasos bilan haydalayotgan moy bosimining aylanishlar soni kvadratiga bog‘-liqligiga asoslangan.
Download 175.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling