Bug’ va gaz qurilmalari


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar


Download 1.8 Mb.
bet16/20
Sana22.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1110764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
“Bug’ va gaz qurilmalari” fanidan ishchi dastur 2021 2022 yil

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar

Talaba amaliy mashg‘ulotlarda masala va mashqlar yechadi. Amaliy mashg‘ulotlarda yechiladigan masala va mashqlar qo‘yidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik masala va mashqlarni yechishga malaka hosil qildiruvchi, fanning mohiyatini anglatuchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ma’lum miqdordagi masala va mashqlar tanlanadi. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.




Laboratoriya ishlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Ushbu laboratoriya ishlarida asboblarning tarkibiy tuzilishi, ishlash jarayoni va ularning elektrofizik xususiyatlari yoritilgan. Laboratoriya ishlarida xar bir yaralgan qurilmaning dastavval ishlab chiqilgan namunasi, undan so’ng bugungi kungacha takomillashgan zamonaviy turlarining ishlash qulayligi keltirildi.


Talaba laboratoriya mashg’ulotlarida ma'ruza mavzusiga doir laboratoriya ishlarini bajaradi. Nazariyani laboratoriya mashg’ulotlarida mustahkamlaydi. Laboratoriya mashg’ulotlarda quyidagi prinsiplarga asosan laboratoriya ishlari bajariladi: asbob-uskunalardan unumli foydalanish malakasini hosil qilish, energetic qurilmalar energiyasini to’plovchi qurilmalarning elektrokimyoviy, elekrofizikaviy xossalari va xususiyatlari nazariy tahlili natijalari bajariladigan eksperimental-laboratoriya ishlar orqali o’z tasdig’ini topadi.


Laboratoriya ishlari bo’yicha tavsiya etiladigan mavzular ro’yxati (24 soat)
(8-semestr)
1. Issiqlikni ushlab qoluvchi - qozonli bug’-gaz qurilmalari sxemalari
va ko’rsatkichlari. (4 soat)

2. Yuqori bosimli va oddiy qozonli, qattiq yoqilg’ida ishlaydigan BGQ. (4 soat)


3. Parallel sxemali, qattiq yoqilg’ida ishlaydigan BGQ. (4 soat)


4. Qo’shimcha yoqilg’i sarfi. Gaz turbinali IEMlari, ularning sxemalari. (4 soat)


5. Gaz turbinali IEMlarining energetik ko’rsatkichlari. (4 soat)


6. Gaz turbinali IEMlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari. (4 soat)



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling