Bug’ va gaz qurilmalari


Download 1.8 Mb.
bet18/20
Sana22.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1110764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
“Bug’ va gaz qurilmalari” fanidan ishchi dastur 2021 2022 yil

Oraliq nazorat savollari

Energiya zahiralarini iste’moli tez sur’atlarda va dunyo ishlab chiqarishiga bog‘liq ravishda o‘smoqda. Taxmin qilinishicha, 2005 yilga kelib energiya zahiralarining iste’moli 160-240 ming TVtsoatni (ya’ni 20-30 mlrd. tonna shartli yoqilg‘iga teng) tashkil etishi mumkin edi. 2005 yildan so‘ng qolgan dunyo energiya zahiralari, yadro va termoyadro energetikasini hisobga olmagan holda, yana 100-250 yilga etishi bashorat qilinmoqda. Dunyo energetika manbalarini tez o‘sib borayotganligiga nafaqat texnik jihatidan, balki energetik qurilma va yoqilg‘i qazib chiqarish jarayonlarini atrof-muhitga ta’siri jihatidan yondashish kerak. Bu erda o‘z-o‘zidan umumiy texnik-ekologik savol vujudga keladi: energetikani yuqori sur’atlarda rivojlanishida yoqilg‘i zaxiralarini tugashiga yo‘l qo‘yilmaydimi va bu insoniyat yangi termoyadro energiyasi manbalarini qo‘lga kiritishdan avval sodir bo‘lmaydimi?


Dunyodagi yoqilg‘i manbalari har-xil baholanadi. Manba turiga qarab katta farqlar bilan: ishlatishga tayyorlari 25 trln. MVtsoatga, aniqlanganlari 50 trln. MVtsoatni va taxminan qilinadiganlari -100 trln, MVtsoatni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, manba turiga qarab nisbatini 1:2:4 ko‘rinishda yozish mumkin. Bundan tashqari, keltirilgan sonlarga manba hisoblash usuli ham ta’sir etadi, ya’ni: dengiz tubidagi yoqilg‘ilar ham hisoblanganligi, yoqilg‘i qancha chuqurlikdan qazib olish hisobiga olinganligi va hakozo.


Yakuniy nazorat turi quyidagicha baholanadi:

Yakuniy baholashda talaba 3 ta savolga yozma javob berishi lozim.



  • agar savollarning mohiyati to’la ochilgan, asosiy faktlar to’g’ri bayon qilingan bo’lsa – 5 baho

  • savollarga to’g’ri javob berilgan, lekin ayrim kamchiliklari bor bo’lsa – 4 baho

  • berilgan savollarda javoblar umumiy va kamchiliklar ko’proq bo’lsa –savollarga to’g’ri javoblar bo’lmaganda, kamchiliklar ko’p bo’lganda va to’liq bo’lmasa – 3 baho

  • savollarga umuman javob yozmagan yoki savollarda chalkashliklar bo’lsa – 2 baho




Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling