Bug‘doy navlarini tanlash jarayoniga Multiagent texnologiyalarini qo‘llash
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 1.44 Mb.
|
Dissertatsiya Shaxzoda-14.04.23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot obyekti va predmeti
KIRISHMavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Dehqonchilik sohasining ming yillar davomida mavjud bo‘lishiga qaramay, ekin ekib yetishtirish jarayonida olingan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishni tashkil etish muammosi hozirgi vaqtda eng dolzarb va yetarlicha hal etilmagan muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘pgina qishloq xo‘jaligi xodimlari, ayniqsa yuqori malakali mutaxassislar qaror qabul qilish maqsadida ish vaqtining ko‘p qismini tajribalar o‘tkazish, berilganlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek xulosalar chiqarish, bashorat qilish, eng yaxshi navlarni tanlash kabi ishlarga sarflaydi. Yuqoridagi bosqichlardan so‘ng, mutaxassislar dehqonlar uchun turli ko‘rsatmalar berish jarayonini amalga oshiradi. Ko‘rib o‘tilgan jarayonlarni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. O‘tkazilgan tajribalar asosida ma’lumotlarni yig‘ish; 2. Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash; 3. To‘plangan va qayta ishlangan ma’lumotlarni tahlil qilish; 4. Don sifati yuqori bo‘lgan bug‘doy navlarini tanlash va ularni ekish uchun tavsiya etish; 5. Tanlangan urug‘larni ekish va rivojlanish jarayonini kuzatish. Bu bosqichlardan so‘ng sikl yakunlanadi va yangi ma’lumotlarni to‘plash yana davom ettiriladi. Urug‘chilik faoliyatining so‘nggi yillarida dastlabki ikki bosqich uchun ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashni avtomatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shunga ko‘ra biz yillar davomida bu sohada to‘plangan tajriba natijalarining tahlilini avtomatlashtirish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Tadqiqot usullarining yanada o‘sishi va ulardan foydalanib yaratilgan berilganlarning miqdori, ayniqsa kompyuter texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan barcha kutilgan holatlardan ham oshib ketdi. Mavjud ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari berilganlarning ortib ketishiga olib keladi, garchi u bir vaqtning o‘zida tajriba berilganlarining maksimal miqdorini taqdim etmasa ham, to‘plangan ma’lumotlar hajmining tez o‘sishi ma’lumotlarni yig‘ish va birlamchi qayta ishlash uchun kompyuter tizimlariga ehtiyoj sezilishiga va ularning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Tajriba berilganlarni qayta ishlash uchun an’anaviy kompyuter tizimlari yordamida hal qilinadigan vazifalarni ikkita asosiy sinfga bo‘lish mumkin: - mohiyati aniq shakllantirilgan mutaxassis so‘rovlari bo‘yicha berilganlarni tartibga solish, tizimlashtirish, to‘plash, qidirish va uzatishdan iborat bo‘lgan axborot-qidiruv yoki ma’lumotnoma tizimlari; - hodisaning oldindan ma’lum bo‘lgan modeliga muvofiq, to‘plangan berilganlarni qat’iy algoritmlar bo‘yicha qayta ishlash tizimlari. Shu bilan birga, tajriba ma'lumotlarini ijodiy tahlil qilish, yangi bilimlarni izlash sezilarli sifat o‘zgarishlarining ro‘y berishiga sabab bo‘lmadi. Qadimgi podshohlik davrida dehqonchilik intiutsiyaga tayanib bajarilganidek, u hali ham kichik tadqiqotchilar tomonidan bajariladi. Qishloq xo‘jaligining urug‘chilik sohasida ma’lumotlarni tahlil qilinishi va umumlashtirilishi talab qilinadigan ma'lumotlarning ortib borayotgan hajmiga mutahasislarning bardosh bera olmasligi o‘tgan asrning oxirlarida ma'lum bo‘ldi, bunga sabab aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining keskin ortishidir. Shuni takidlash kerakki urug‘chilik sohasida axborot oqimi va hajmi keskin oshdi, ammo ularni tahlil qilish usullari sekin o‘zgarmoqda. O‘tgan asrning oxirlarida paydo bo‘lgan berilganlarni qidirish usullari to‘g‘ridan-to‘g‘ri asl yoki "xom" berilganlardan bilimlarni avtomatlashtirilgan tarzda ajratib olish usullari ushbu muammoni qisman yengillashtirishi mumkin. Bu kabi usullar allaqachon birja kotirovkalarini bashoratlash, bozor tahlili, marketing va boshqa biznes ilovalarida faol qo‘llanilmoqda. Biroq, urug‘chilik sohasida intellektual tahlilni qo‘llab-quvvatlash usullari kam uchraydi va hali keng qo‘llanilmagan. Mazkur dissertatsiya ishi hech bo‘lmaganda qisman ushbu vaziyatni tuzatishga qaratilgan. Biroq, inson va jonsiz mashina tomonidan berilganlar tahlili qanday taqqoslanadi? Juda yaqin kelajakda va biroz uzoq istiqbolda, ijodiy berilganlarni tahlil qilish uchun mashina tadqiqoti usullaridan foydalangan holda biz nimani kutishimiz mumkin? Kelajakni bashorat qilish nomaqbul ish, ammo berilganlardan bilimlarni ajratib olishning avtomatlashtirilgan usullarining imkoniyatlari haqida eng umumiy taassurot olish uchun biz odam nima qila olishini tushunishimiz, ma'lumotni tahlil qilishda odam miyasining potentsial imkoniyatlarini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Vazifa tashabbuskori sifatida Inson Mashina bilan raqobatlasha olmaydi. Shu bilan birga, agar biz Mashinaning sa'y-harakatlarini qattiq kanalda (inson tahlilchisi tomonidan o‘rnatilgan) berilganlar qonuniyatlarida yashiringan yangi bilimlarni qidirishga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lsak, kompyuterlarning tezlikdagi ulkan ustunligi yangi bilimlarga erishishda sifatli yutuqga olib kelishi mumkin. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ilmiy tadqiqotning obyekti sifatida berilganlarning intellektual tahlil qilish usullariga tayanib turli predmet sohalarning berilganlar bazasidan yashirin qonuniyatlarni izlovchi informatsion modellar olinadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling