Bug‘doy navlarini tanlash jarayoniga Multiagent texnologiyalarini qo‘llash


Download 1.44 Mb.
bet3/24
Sana19.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1613050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya Shaxzoda-14.04.23

Tadqiqotning maqsadi. Multiagent texnologiyalarga asoslanib tajribalar natijasida to‘plangan ma’lumotlarga tayanib xosil qilingan tanlanma fayllarni qayta ishlash va sifatli, xosildor bug‘doy navlarining bahosini hisoblovchi intelektual tizim yaratish.
Tadqiqotning vazifalari:
- urug‘chilik(bug‘doy navlariga ko‘ra) sohasi uchun o‘rgatuvchi tanlanmani shakllantirish va unga dastlabki ishlov berish;
- tanlanma faylidagi miqdoriy alomatlar qiymatlarini, chegaralarida o‘zaro kesishmaydigan sinflar vakillari ustunlik qiladigan intervallarga bo‘lish masalasi yechimining mavjudligini asoslash;
- miqdoriy toifadagi alomatlar bilan tavsiflangan tanlanma obyektlarining umumlashgan baholarini hisoblash;
- tanlanma obyektlari(bug‘doy navlari)ning multiagent texnologiyalar asosida o‘rgatuvchi tanlanma seleksiyasini amalga oshirish;
- umumlashgan baholar asosida mumkin bo‘lgan obyektni sinflash (bug‘doy navlarining qay darajada hosildor va sifatliligini baholash) qoidasini qurish;
- yuqoridagi talablar asosida ishlovchi intelektual tizimni yaratish;
- qishloq xo‘jaligining urug‘chilik shohasidagi tanlanmalar bo‘yicha hisoblash experimentlarini o‘tkazish va olingan natijalarni izohlash.
Ilmiy yangiligi. Xosildor va sifatli urug‘larni aniqlashga yordam beruvchi, multiagent texnologiyalar asosida ishlaydigan intellektual tizim yaratish va undan foydalanish ko‘rsatmalarini ishlab chiqish. Shuningdek tizimning tashkil etuvchilari hamda bir qator natijalar ish tarkibiga kiritilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Davlatimizda axborot texnologiyalarini ijtimoiy va ishlab-chiqarish sohalariga keng qamrovli tadbiq qilish kuzatilmoqda, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalarida axborot texnologiyalarini keng joriy etish tadbirlari, elektron hukumat dasturlari ishlab chiqilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida, jumladan «... iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish» vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda, intellektual axborot tizimlari uchun yangi bilimlar manbai bo‘lib xizmat qiluvchi mutiagent texnologiyalariga asoslangan bug‘doy navlarining hosildorligi va don sifati yuqoriligini baholovchi tizimni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).Multiagent texnologiyalaridan foydalanish, intellektual tizimlar yaratish bo‘ yicha olimlar ko‘ p tadqiqotlar olib borishgan, bunga Jeron O, А.В. Замятин., Рассел С., Норвиг П., Дюк В.А., Ignatyev N.A., Madraximov Sh. F. va boshqa bir qator olimlarning ilmiy izlanishlarini misol keltirishimiz mumkin. Рассел С., Норвигlar o‘ zining “Искусственный Интеллект Современный подход” kitobida agentlarning tuzilishi, multiagent texnologiyalaridan foydalanish bo‘ yicha batafsil ma’lumotlar keltirgan. N. A. Ignatyev o‘zining “Вычисление обобщённых оценок объектов и иерархическая группировка признаков” ilmiy maqolasida tanlanma obyektlarning umumlashgan baholarini hisoblash va alomatlarning ierarxik guruhlanishi haqidagi bir qator fikrlarni aniq misollar yordamida tushuntirib o‘tgan, Sh. F. Madraximovning “Umumlashgan baholarni hisoblash usullari asosida yashirin qonuniyatlarni aniqlash tizimlari” nomli dissertatsiya ishida esa predmet sohalardagi jarayonlar va hodisalarni adekvat ravishda tavsiflovchi modellarni shakllantirish mezonlari va algoritmlarini tanlash uslubiyatini takomillashtirish masalasi qaralgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling