Bug‘doy navlarini tanlash jarayoniga Multiagent texnologiyalarini qo‘llash


Download 1.44 Mb.
bet23/24
Sana19.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1613050
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Dissertatsiya Shaxzoda-14.04.23

III bob bo‘yicha xulosa


Ushbu bobda multiagentli intellektual tizimni yaratish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Tizimni ishlab chiqishda foydalaniladigan dasturlash muhitini tanlash masalasi hal etildi. Bunga ko‘ra Delphe(object paskal) dasturlash tili tanlandi.

  2. Tizimning asosiy modellari va ularning amal qilish sxemasi ishlab chiqildi.

  3. Tizim tavsifi – bu bo‘limda intelektual tizim(IT) yetarlicha sodda interfeysga ega ekanligi , u multiagent texnologiyasi asosida ishlashi, hamda u ikkita qismli interfeysga ega ekanligi va birinchi qism o‘qilgan ma’lumotlarni va natijalarni chop etishi,ikkinchi bo‘lim esa boshqaruvni amalga oshirishi ya’ni tanlanma fayllarni ochish, chiqish, yordam kabi umumiy buyruqlar va sinflarga ajratish, sayqallash, lotentlashtirish hamda bug‘doy navlarini baholash kabi ishlarni bajaruvchi buyruqlarni o‘z ichiga olashi batafsil bayon qilindi.

4.Bug‘doy navlarini baholash bo‘yicha hisoblash eksperimentlari va ularning tahlili mavzusi ostida tizimdan olingan natijalar va ularning tahlili bayon etildi.

XULOSA


Mazkur dissertatsiya ishi xulosasi sifatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq:
1. Ishning dastlabki bobida mashinali o‘qitish(ML) haqida to‘xtalib o‘tildi. Bunga sabab, u o‘zini hamma joyda mavjud bo‘lgan Skynet deb da'vo qilmaydi, balki u rasmiy ravishda ML ilovasi sifatida tavsiflanadi (aslida, ML filtr shu qadar yaxshi o‘rganadiki, siz kamdan-kam hollarda xabarni spam deb belgilashingiz kerak bo‘ladi). Bu ilovadan so‘ng yuzlab ML ilovalari paydo bo‘ldi, ular hozirda eng yaxshi tavsiyalar berishdan tortib ovozli qidiruvgacha bo‘lgan yuzlab vositalarni qo‘llab quvvatlashi atroflicha yoritib berildi.
2.Mashinali o‘qitish haqida, ML ning qo‘llanilishi, ML tizimlarini turkumlash usullari, modelni qurish va undan foydalanish kabi mavzular ostida mashinali o‘qitish batafsil bayon etildi.
3. Ishning ikkinchi bobida intellektual tizim asosi hisoblangan multiagent tizimlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi va ularni tushuntirish bo‘yicha bir qator sxemalar keltirildi, ularning ayrimlarini quyida sanab o‘tamiz:
-Agentlar atrof-muhit bilan sensorlar va aktuatorlar (ijro etuvchi mexanizmlar) orqali o‘zaro ta'sirlashadi;
-Avtomatlashtirilgan taksi haydovchisi uchun muammoli muhit tavsifi;
-Muammoli muhitlarga misollar va ularning xususiyatlari;
-Oddiy refleks agentining sxematik tasviri;
-Oddiy refleks agenti;
-Modelga asoslangan xatti-harakatlar bilan refleks agentining tuzilishi;
-Model va maqsad asosida ishlaydigan agent kabilar.
Shuningdek bu bobda Atrof-muhit va agentlar , ratsionallik tushunchasi, atrof-muhit xususiyatlari, agentlarning tuzilishi kabi nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
4. Ishning oxirigi bobida multiagentli intellektual tizimni yaratish, tizimni ishlab chiqishda foydalaniladigan dasturlash muhitini tanlash, tizimning asosiy modellari va ularning amal qilish sxemasi ishlab chiqish, tizim tavsifini bayon etish, bug‘doy navlarini baholash bo‘yicha hisoblash eksperimentlari va ularning tahlili mavzusi ostida tizimdan olingan natijalar va ularning tahlili bayon etildi.
Shuningdek ishni yozish jarayonida quyidagi vazifalar hal etildi:
- urug‘chilik(bug‘doy navlariga ko‘ra) sohasi uchun o‘rgatuvchi tanlanmani shakllantirish va unga dastlabki ishlov berish;
- Tanlanma faylidagi miqdoriy alomatlar qiymatlarini, chegaralarida o‘zaro kesishmaydigan sinflar vakillari ustunlik qiladigan intervallarga bo‘lish masalasi yechimining mavjudligini asoslash;
- tanlanma obyektlari(bug‘doy navlari)ning multiagent texnologiyalar asosida o‘rgatuvchi tanlanma seleksiyasini amalga oshirish;
- umumlashgan baholar asosida mumkin bo‘lgan obyektni sinflash (bug‘doy navlarining qay darajada hosildor va sifatliligini baholash) qoidasini qurish;
- yuqoridagi talablar asosida ishlovchi intelektual tizimni yaratish;
- qishloq xo‘jaligining urug‘chilik shohasidagi tanlanmalar bo‘yicha hisoblash experimentlarini o‘tkazish va olingan natijalarni izohlash vazifalari ishda hal etildi.
Intellektual tizim sinash maqsadida Qarshi shahrida joylashgan “Janubiy dehqonchilik” ilmiy tadqiqot institutiga berildi.
Ushbu tizimga “Intellektual mulk agentligi” tomonidan GDU 14948 sonli guvohnoma olindi.(2-ilova)



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling