Tibbiy tashxis qo’yuvchi tizimning dasturiy ta’minotini yaratish


Download 0.76 Mb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1601638
  1   2   3   4
Bog'liq
maqola elbek

TIBBIY TASHXIS QO’YUVCHI TIZIMNING DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH

Maxmasoatov Elbek Shoxli o’g’li: elbekmaxmasoatov590@gmail.com

Qarshi davlat universiteti

Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 4-kurs talabasi



Annotatsiya:Ushbu maqolada tibbiy tashxish qo’yuvchi tizimli dasturiy ta’minot yaratish algoritmi haqida so’z borgan . Intellektual tizimni (IT) yaratish uchun bir qator (Delphi, C++, java, python) dasturlash tillaridan foydalanish mumkin
Kalit so’zlar python , tashxis, tanlanma , vizualizatsiya model
Аннотация: В данной статье рассказывается об алгоритме создания системного программного обеспечения для медицинской диагностики. Для создания интеллектуальной системы (ИТ) можно использовать ряд языков программирования (Delphi, C++, java, python).
Ключевые слова питон, диагностика, выбор, модель визуализации
Python dasturlash tilida matematik va ilmiy hisoblash jarayonlariga keng qo‘llanilish hisobga olingan. Shunga ko’ra, Python umumiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan til bo‘lib, u matematik paketlar bilan muvaffaqiyatli moslashuvni amalga oshira oladi. Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlaridan biri uning kengayish imkoniyatidir. Python dasturlash tilining boshqa dasturiy vositalar va paketlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Python dasturlash tilining eng muhim afzalliklaridan yana biri shundaki, uning barcha kutubxonalari va qo‘shimcha maxsus modullarini bepul ko’chirib olish mumkin. Bu esa Python dasturlash tilining samarali rivojlanishiga imkon beradi.
Bu tildan dasturlashning quyidagi sohalarida samarali foydalanish mumkin:
- Tizimli dasturlash;
- Grafik interfeysli dasturlarni ishlab chiqish;
- Dinamik veb-saytlarni yaratish;
- Komponentlarning integratsiyasi;
- Berilganlar bazalari bilan ishlovchi dasturlarni ishlab chiqish;
- Ilmiy hisob dasturlarini ishlab chiqish;
- Intellektual tizimlarni ishlab chiqish
Tibbiy tashxis qo’yuvchi IT (intellektual tizim) quyidagi qismlardan tashkil topgan:

  1. Tajriba natijalarida olingan tanlanma fayllar

  2. Boshqaruv bloki(sonli modelni yaratish)

  3. Model asosida o’rganilayotgna obyektni baholash

  4. O’rganilayotgan obyekt vizualizatsiyasi

Tajriba natijalarida olingan tanlanma fayllar. Bu faylda kompyuter uchun trening qilinadigan ma’lumotlar joylashgan. Ushbu fayldan foydalanib, ma’lum bir kasallik tashxisi uchun foydalaniladigan, umumlashgan baho asosida hosil qilinadigan modul fayli olinadi. Tanlanma faylida yozuvlar (satr bo’ylab), obyekt nomeri va alomatlarining qiymatlari (ustun bo’ylab) joylashtirilgan. Fayl formati *.csv bo’lib, uni excel elektron jadvali yoki ixtiyoriy matn muharririda ochish mumkin.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling