Tibbiy tashxis qo’yuvchi tizimning dasturiy ta’minotini yaratish
Download 0.76 Mb.
|
maqola elbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv bloki (sonli modelni yaratish).
- 2-rasm. Modul fayli namunasi Model asosida o’rganilayotgan obyektni baholash.
- O’rganilayotgan obyekt vizualizatsiyasi.
1-rasm Tanlanma fayl namunasi.
Yuqorida keltirilgan jadval tanlama faylining bir qismi. Aslida tanlanma fayllarida bir necha minglab yozuvlar bo’lishi mumkin. Jadvalning birinchi satri obyektlar nomeri va alomatlarning nomlari joylashgan. Ikkinchi satrdan boshlab har bir yozuv (satr) obyekt nomeri va unga tegishli alomatlarning qiymatlaridan iborat ma’lumotlar. Boshqaruv bloki (sonli modelni yaratish). Bu qism kerakli tanlanma faylidagi ma’lumotlarni o’qiydi. o’qilgan ma’lumotlardagi har bir alomatlar ustuni uchun (2.6) formula bilan vaznlarni hisoblashni amalga oshiradi. Bundan tashqari (2.15) formulasi yordamida umumlashgan baholarni hisoblashni hamda 10-rasmdagi ko’rinishda bo’lgan modul faylini hosil qilishni amalga oshiradi [20]. Modul faylida alomatlarning nomerlari, nomlari, intervallarga bo’linish chegaralari va vaznlari joylashgan. Bulardan tashqari modul faylida umumlashgan baholarni evrestik algoritm asosida hisoblashga ko’ra hosil qilingan tj ro’yxatga tegishli (-1, 1) qiymatlar ketma-ketligi hamda umumlashgan baholarning minimum (1-sinfga tegishli) va maksimum (2-sinfga tegishli) qiymatlari saqlanadi. 2-rasm. Modul fayli namunasi Model asosida o’rganilayotgan obyektni baholash. Kompyuter ma’lum kasalliklar bo’yicha hosil qilingan modellar asosida trening qilingach, shu kasalliklarga ko’ra boshqa obyektlarni tashxis qo’yishni amalga oshira oladi. Tashxis qo’yish jarayoni obyektga tegishli alomatlarni kiritishdan boshlanadi. Kiritilgan alomat qiymatlari turli kasalliklarga tashxis qo’yuvchi qismlar bilan taqqoslanadi va o’ziga mos keluvchi model bilan bog’langan qismda qayta ishlanadi. O’rganilayotgan obyekt vizualizatsiyasi. Obyekt haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar tushunarli bo’lishi uchun ularni vizuallashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 3-rasm. Kasalligi baholanayotgan obyekt vizualizatsiyasi. Ushbu tasvirda kiritilgan obyektning gipertaniya kasalligiga ko’ra hisoblangan umumlashgan bahosi hamda uning alomatlar ustunlari bo’yicha aniqlangan intervallarga ko’ra joylashuv grafigi tasvirlangan. Grafikdan ko’rinib turibdiki gipertaniya kasalligiga ko’ra tekshirilgan obyekt interval chegarasi atrofida tasvirlangan [22].Tashxis quyuvchi inteliktual tizim tavsifi. Intellektual tizim ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qism aniq kasallik bo’yicha to’plangan tajriba natijalari asosida hosil qilingan fayl yordamida tashxis qo’yishga yordam beruvchi model faylini hosil qiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling