39
Nav mualliflari: L.A.Bespalova, O.Yu.Puzırnaya, R.O.Dovo, N.P.Fomenko,
Yu.M.Puchkov, V.R.Kerimov, V.A.Alfimov, L.P.Filobok, I.N.Kudryashov,
G.I.Bukreeva, P.V.Konotop.
Kelib chiqishi: Bug`doyni sintetik turi asosida T.migushovae va liniya
4473h144F10
chatishtirish kombinatsiyasidan olingan duragaydan ikki kara tanlash
usuli bilan yaratilgan.
Umumiy tavsifi: Nav
yarim pakana, poyasi yotib qolishga chidamli. Uzoq
turib qolsa ham doni to`kilmaydi. Tur xili Lutescens. Boshog`i piramidasimon,
zichligi va uzunligi o`rtacha, boshoq qipig`i qattiq, donni mahkam ushlab turadi.
Boshoqcha qipig`i elkasi keng, to`g`ri, doni yirik, tuxumsimon shaklda.
Hosildorligi: Mahsuldorlik potentsiali yuqori.
Raqobatli nav sinovida
gektaridan 93,7 sentnerni tashkil etgan.
Nonboplik sifati: 1000 dona don vazni 43-45g, don naturasi 800-815 g. Don
sifati bo`yicha
«qimmatbaho» bug`doy guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: