42
Kelib chiqishi: uzoq
duragaylash, ya`ni tritakale bilan bug`doyni
chatishtirish AD-206/Rubin//KN17t3 kombinatsiyadan olingan duragaylar ikki kara
yakka tanlash usuli bilan olingan.
Umumiy tavsifi: O`rta kechpishar, o`rta bo`yli, bo`yi 90-100 sm, tuplanishi
yaxshi, yotib qolishga chidamli. Qiltiqsimon o`simtalari o`rtacha uzunlikda. Boshoq
qipigi elkasi to`g`ri, keng, tishi qisqa, biroz egilgan. Doni tuxumsimon shaklda.
Hosildorligi . Don potentsial hosildorligi gektaridan 90-95 ts, Bu navdan
Respublikani sug`oriladigan yer sharoitida o`rtacha 55-60
sentner va undan yuqori
don hosilini olish mumkin.
Nonboplik sifati: nav doni 30 va undan yuqoriroq kleykovina to`playdi, 2
guruh sifat ko`rsatkichlari talabiga javob beradi, «qimmatbaho» don beradi.
Kasalliklarga chidamliligi: Nav sariq va poya zangiga, septoriozga, un
shudring, ildiz chirish
kasalliklariga bardoshli, bu kasalliklardan kimyoviy himoya
shart emas. Boshoq fuzariozga chidamliligi o`rtacha, qo`ng`ir zangga beriluvchan.
Sovuqqa chidamliligi o`rtacha, qurg`oqchilikka, issiqqa va sho`rga
chidamliligi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: