Bugʻdoy reja: Botanik tavsifi. Xo
Download 28.97 Kb.
|
BUGʻDOY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararkunandalari
Agrotexnikasi. Sug‘oriladigan mintaqalarda kuzgi bug‘doyni makkajo‘xori, g‘o‘za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo‘shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va sho‘rlangan tuproqda yaxshi o‘smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12–15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7–8 sm) ekiladi. Ekish me’yori – lalmi yerlarda gektariga 70–110 kg, sug‘oriladigan mintaqalarda gektariga 170–200 kg, ekish chuqurligi 4–6 sm; kuzgi bug‘doy chuqurroq ekiladi, ekish me’yori 10–15% ortiq olinadi, urug‘lik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bug‘doy ekiladigan yerga ekish oldindan 10–15 t go‘ng, 40–80 kg fosfor, 40–100 kg azot, kaliy solinadi, o‘suv davrida ham ekinzor o‘g‘itlanadi, suvli yerlarda o‘suv davrida 2–3 marta sug‘oriladi, O‘zbekistonda pishib yetilgan bug‘doyzorlar yoppasiga bir yo‘la g‘alla kombaynlari bilan o‘rib-yig‘ib olinadi. Navlari. O‘zbekistonda 1937–1996 yillarda bug‘doy bo‘yicha 6 marta (1937–61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. Bug‘doy bo‘yicha urug‘lik va yangi bug‘doy navlarini yaratishda Milyutin (G‘allaorol) davlat seleksiya stansiyasi 1937; hozir “Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar ilmiy tekshirish instituti (Andijon shaxri) ning G‘allaorol filiali” muhim ishlarni amalga oshirdi. Sug‘oriladigan maydonlarda bug‘doyning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bug‘doy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Qizil bug‘doy (qadimiy jaydari nav). Qizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995 yildan Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sug‘oriladigan maydonlarda gektaridan 50–70 s hosil berish imkoniyatiga ega. Zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, ko‘kko‘z, shved pashshasi, hasva va boshqalar. Kasalliklari: qorakuya, qora zang, unshudring va boshqalar. Download 28.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling