Bugʻdoy reja: Botanik tavsifi. Xo


Download 28.97 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi28.97 Kb.
#259851
1   2   3   4   5
Bog'liq
BUGʻDOY

Bug'doy haqida ma'lumot.




Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi eng qadimiy va hozirda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko‘ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan Yumshoq bug‘doy yoki Oddiy bug‘doy va Qattiq bug‘doy ekiladi. Qolgan turlari esa juda kam miqdorda ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Ko‘pgina bug‘doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug‘doyi, Urartu, Fors bug‘doyi va boshqalar) ning vatani Zakavkazyedir. Bug‘doy Old va O‘rta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7-6-ming yilliklarda ma’lum bo‘lgan. 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada ekila boshlangan. Bug‘doy shimolda Shvetsiya, Rossiyada, janubda Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrikaning janubiy chegaralarigacha ekiladi. Jahonda bug‘doy ekiladigan maydonlar 250 mln. gektarga yaqin bo‘lib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% i bug‘doyga to‘g‘ri keladi va bu o‘rtacha 360 mln.t dan ortiq deganidir. Asosiy g‘allakor mamlakatlar – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. O‘zbekistonda 90-yillarning boshidan respublikaning g‘alla mustaqilligini ta’minlash uchun bug‘doy ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).



Botanik tavsifi. Bug‘doyning ildiz sistemasi popuk ildiz bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi – sidirg‘a bo‘g‘imlarga bo‘lingan somonpoya, bo‘yi 40–130 sm. Bug‘doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog‘liq. Bargi poyani nayga o‘xshab o‘rab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. To‘pguli ko‘pgulli boshoqchalardan iborat boshoq.
Bug‘doyda chetdan changlanish kam uchraydi, ko‘proq o‘zidan changlanadi. Mevasi – don. Doni yalang‘och (polba bug‘doylarda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, cho‘ziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizg‘ishqo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Bo‘liqligi jihatidan yumshoq (urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) bug‘doy turlariga bo‘linadi. 1000 ta doni vazni 20–70 g. Yumshoq bug‘doy boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig‘i boshog‘idan kaltaroq; doni oq yoki qizg‘ish, ko‘ndalang kesimi dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq bug‘doy boshog‘i zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshog‘idan uzun va tik o‘sadi.

Download 28.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling