Bug’latish usullari


Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish


Download 1.29 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1467637
1   2   3   4
Bog'liq
Bug\'latish usullari

Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish

Bu turdagi isituvchi bug’ sifatida ikkilamchi bug’ ishlatiladi. Natijada juda katta miqdorda issiqlik tejaladi. Eritmadan 1 kg suvni bug’latish uchun isituvchi, to’yingan suv bug’ining solishtirma sarfi quyidagicha:

  • Bir korpusli qurilma uchun 1,1...1,2 kg;
  • Ikki korpusli qurilma uchun 0,57 kg;
  • Uch korpusli qurilma uchun 0,4 kg;
  • To’rt korpusli qurilma uchun 0,3 kg;
  • Besh korpusli qurilma uchun 0,27 kg.
  • Ko’p korpusli qurilmalarda bug’latish jarayonini yuqori bosimli isituvchi bug’ yoki vakuum yordamida amalga oshirish mumkin. Bug’latish korpuslaridagi bosim shunday bo’lishi kerakki, unga uzatilayotgan bug’ harorati, shu korpusdagi eritmaning qaynash haroratidan yuqori bo’lishi ta’minlanishi kerak.

    Isituvchi bug’ va eritmaning harakat yo’nalishiga qarab parallel, qarama-qarshi va kombinatsiyalangan yo’lli ko’p korpusli bug’latish qurilmalariga bo’linadi.

Uch korpusli parallel yo’nalishli bug’latish qurilmasi

  • Boshlang’ich eritma korpus 1 ga yuboriladi, so’ng korpus 2 va 3 ga uzatiladi va kerakli konsentratsiyagacha quyuqlashtirilgandan so’ng korpus 3 ning pastki qismidan chiqariladi. Korpus 1 dan korpus 3 ga qarab bosim pasayib boradi. Shuning uchun, eritma bosimlar farqi ostida korpusdan korpusga o’tib boradi. Isituvchi bug’ eritma kabi o’sha yo’nalishda bir korpusdan keyingisiga harakat qiladi, ya’ni korpus 1 da hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ 2-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 2-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ esa, 3-korpusga isituvchi bug’ bo’lib, 3-korpusda hosil bo’lgan ikkilamchi bug’ kondesatsiaylanish uchun barometrik kondensator 4 ga yuboriladi.

Afzallik va kamchiliklari

  • Parallel yo’nalishli bug’latish qurilmasining afzalliklari: eritmani korpusdan korpusga uzatish uchun nasos kerak emas.
  • Har bir keyingi korpusda, yuqori konsentratsiyali eritma, nisbatan pastroq bosimda bug’latiladi. Shuning uchun oxirgi korpusdagi issiqlik o’tkazish koeffitsienti birinchisiga qaraganda ancha kichik bo’ladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling