Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan


Download 303.2 Kb.
bet4/9
Sana28.12.2022
Hajmi303.2 Kb.
#1016024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13.12.2022

25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
  • Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida viloyatdagi oltita maydon tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtiriladi. Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holati bo‘yicha tegishli xulosalar beriladi.
  • Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Andijon texnoparki huzurida yangi rezident tashkil etiladi. Yetti nafar malakali dasturchining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha malakasi oshiriladi.
  • Tashkil etilgan korxona tomonidan viloyatdagi barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlari shakllantirilib, yer egalariga taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida chet davlatlarning yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarini shakllantirgan holda ushbu xizmat eksportini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
  • — Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
  • Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan. Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo‘ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi.

  • IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
  • Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-park Marg‘ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 
    Download 303.2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling