Bugun keng koʻlamli islohotlar jarayonida xalqimizning ertasi boʻlgan yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash eng ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda! Bu borada maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar bilan bir qatorda nodavlat taʼlim muassasalari faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan Yuksalish Liderlar Akademiyasi oʻz oldiga 10 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va bolalarning asosiy e'tiborini zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish va shu orqali bugun oʻta dolzarb boʻlgan mutaxassislarga boʻlgan talabni qondirishni asosiy maqsadi qilgan. bugun Yurtimizning turli hududlarida Yuksalish Liderlar Akademiyasi oʻz faoliyatini olib bormoqda Xususan, navbatdagi filial Yakkabogʻ tumanida tashkil etildi. Filialning ochilish marosimida jamoatchilik faollari xususan, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, tadbirkorlar ta'lim tarbiyaning ahamiyati xususida soʻzlab berishdi. tadbirda Yuksalish Liderlar Akademiyasi va Yuksalish Maktablari loyihalarining asoschisi Muhammad Ali Eshonqulov soʻzga chiqib, ushbu loyihalarning ahamiyati xususida gapirdi. "ushbu kurs uch oyni oʻz ichiga qamrab oladi. bu muddat davomida bolalarda strategik rejalashtirish, smm, notiqlik, xotirani rivojlantirish, etiketning oltin qoidalari, muzokara va munozara san'ati,
liderlik, biznes boshqaruvi, geosiyosat va tarix va boshqa bir qancha koʻnikmalar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |