Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi


Download 0.8 Mb.
bet6/16
Sana07.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1173811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Internetdan foydalanish madaniyatini rivojlantiruvchi omillar

«Texnologiya» - yunoncha «techne» so‘zidan olingan bo‘lib, mahorat, san’at va «logos» - so‘z, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Texnologiya- jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushiniladi.
Texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Ta’lim metodi (lotinchadan metods - yo‘l, usul) – belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining bir-biri bilan bog‘liq faoliyatini tartiblangan usuli.
Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar, sinfdagi asbob–uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va b. vositalar hisoblanadi.
Ta’lim beruvchilar – o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari.
Umumiy o`rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo`yicha ta’lim mazmunining minimum va yakuniy maqsadlariga, o`quv yuklamalar hajmiga, hamda ta’lim sifatiga qo`yiladigan talablardan iborat bo`lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

  • bilim — o`rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;

  • ko`nikma — o`rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo`llay olish;

  • malaka — o`rganilgan bilim va shakllangan ko`nikmalarni notanish vaziyatlarda qo`llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;

  • kompetensiya — mavgud bilim, ko`nikma, malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati.

Kompetensiya –fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko`nikmalarni , amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir. Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.Shu sababli, informatika fanidan DTSlarini yangilash, o`quv dasturlarini takomillashtirish- informatika faniga oid kompetentlilikni kiritish zaruriyati tug`ilgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling