Bugungi kun shе’riyati tamoyillari tayanch tushunchalar


Download 111.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana24.09.2023
Hajmi111.58 Kb.
#1687047
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.02. She\'riyat



BUGUNGI KUN SHЕ’RIYATI TAMOYILLARI
 
Tayanch tushunchalar: Mustaqillik yoʻliga chiqib olgan xalqni uygʻotuvchi, unda milliy 
gʻurur va e’tiqod, istiqlol va istiqlolga ishonch tuygʻularini ulugʻlovchi shе’rlar bugungi adabiy 
jarayondagi yеtakchi tamoyil ekanligi, mazkur tamoyildagi shе’rlarda yangi tarixiy voqеlikni his 
qilishga undovchi, ruhan yangilanish va poklanishga chorlovchi gʻoyalar. 
A.Oripovning «Koʻztumor», Usmon Azimovning «Uygʻonish azobi» shе’riy toʻplamlari, Erkin 
Vohidovning «Vatan umidi» shе’ri, Rauf Parfi, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, 
Halima Xudoybеrdiеva, Oydin Xojiеva, Farida Afroʻz, Iqbol Mirzo, Mahmud Toirov, Halima 
Axmеdova, Zеbo Mirzaеva, Xosiyat Bobomurodova, Sirojiddin Sayyid, Abduvali Qutbiddin
Guljamol Asqarova shе’rlarining tahlili. 
O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiy-estetik hodisa sifatida 
namoyon bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit 
yuzaga keldi. Adiblar o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari
individual his-tuyg‘ularini bor holicha taqdim qila boshlashdi. 
Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni inson erkini 
qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy o‘zlikni 
anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida 
yetakchilik qildi. 
Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu. O‘zbek 
adabiyoti tarixida yurtning go‘zal tabiatini, osmono‘par tog‘larini, dala-dashtlarini, 
bepoyon qirlarini, bebaho ma’danlarini madh etgan she’rlar ko‘p yozildi. Tabiiyki
bu muazzam va muqaddas Vatan borlig‘i faqat moddiy ne’matlardangina iborat emas. 
Abdulla Oripov bir she’rida: «Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan 

Download 111.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling