Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo’lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda


Download 26.33 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi26.33 Kb.
#1158437
1   2
Bog'liq
AVESTO

4.
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo‘lib, yetilgan chog‘ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg‘aygan yoshida sog‘lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerak.
Ulug‘ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan badanni turli xil mashg‘ulot xarakatlariga o‘rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha, jismoniy mashg‘ulotlar bilan o‘z vaqtida va mustaqil shug‘ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. Jismoniy mashg‘ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar ortiqcha bo‘lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Har bir inson o‘zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati xohishiga qarab jismoniy mashg‘ulot turini belgilab olish kerak.
Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi.
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Tark qil bor narsani, jon barchadin a’lodudir,
Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so‘li sog‘.
Jon agar bir shisha bo‘lsa, ilm sham chirog‘.
Hikmati insonin bilgil uch chiroqda misli yog‘.
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.
Ul chiroq so‘nsa, sening ham o‘lganingmasmu shu chog‘.1
Uning fikricha, ta’lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi xizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning ahloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.
Bolaga do‘q qilma yomon, bo‘lma qo‘pol,
Uyqu qochar, qo‘rqar, axir bo‘lur battol,
Yumshoq beshik bo‘lsin o‘rni uxlaganda,
Qonong‘ulik tushib tursin misli tunday...
Uyg‘oq chog‘i yorig‘likdan ayirmagil,
Yulduz-samo ko‘rsun bola shodlanur dil.
Rang-tuslarni ko‘rsat unga turli-tuman
Kunduz kuni, etmoq ersang ko‘zni ravshan.
Gar istasang, o‘rgatmoqqa so‘zu kamol, Erkalatib ovoz chiqar har xil muqom.
Har bir inson yetuk olim yirik davlat arbobi, oddiy ishchi yoki xizmatchi bo‘lib yetishganda ham yoshligidan berilgan tarbiyani aslo unutmaydi. Uni chuqurroq hurmat bilan eslaydi. Ota-onaga mehri, hurmati ortaveradi. Aqlli inson qanchalik ulg‘aymasin ota-ona unga o‘zidan ulug‘roq ko‘rinaveradi. Ota-onalar burchi va mas’uliyatining buyukligi barcha davrlarda tan olingan haqiqatdan. Bu buyuklik inson avlodini dunyoga keltirishdan emas balki, unga insoniy fazilatlarni shakillanishida namoyon bo‘ladi.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruny, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshqariy, Kaykovus, Alishr Navoiy, Bobur, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan. Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar. Nikoh-oila munosabatlari mavjud diniy va dunyoviy adabiyotlarda o’rganilishi bilan bir qatorda, ibtidoiy e'tiqodlar va diniy tasavvurlarda o’ziga xos ravishda nikoh-oila munosabatlarining tasvirlanishi va qonun-qoidalar asosida bеlgilab qo’yilganligini bilamiz. Shunday diniy tasavvurlardan biri mil.avv. I ming yillik boshlarida Markaziy Osiyoda shakllanganligi taxmin qilinadigan Zardushtiylikning asosiy kitobi Bu diniy e'tiqodga qadar bo’lgan xudolarga odamlarni qurbonlik qilishga qarshi kurashish Zardushtiylik diniy tasavvurini Markaziy Osiyoda kеng yoyilishiga sabab bo’lgan asosiy omillardan biri bo’lganligini ham aytish lozim.
Abu Nasr Forobiyning inson kamoloti, baxti, ta’lim va tarbiyasi, umuman axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat o’g’it bo’lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta’limotlarida keltirilishicha, haqiqiy baxt biro damning boshqasiga nisbatan g’ayirligi, zulmi yo’qolgandagina bo’ladi, oila a’zolarining bir-biriga samimiy munosabatlari, mehr-u oqibatlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. O’rta asrlarning buyuk arbobi, olim-ensiklopedist Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Forobiy qarashlari ta’sirida qator fanlar bobida o’z izini qoldirgan donishmanddir. Uning ko’pgina asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob fikrlar o’z ifodasini topgan, Mutaffakkir o’zining “Minerologiya”, “Geodeziya”, “Hindiston”, “O’tgan avlodlar obidalari” nomli asarlarida inson shaxsi, uning komoloti, aql-idroki, halovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go’zallik va did, poklik va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilimdoni sifatida ta’rif bergan.

Download 26.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling