Bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar farzandlarining kasb tanlashida jiddiy qarshilik qilib, farzandlari istagan kasb-hunarga emas


Download 14.85 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi14.85 Kb.
#1301069
Bog'liq
Esse, kasb.(1)


Bugungi kunda ko‘pchilik ota-onalar farzandlarining kasb tanlashida jiddiy qarshilik qilib, farzandlari istagan kasb-hunarga emas, balki ota-onalar farzandlari qiziqmasa-da o‘zlarining sohalarini yoki boshqa orzu-havasidagi kasbni tanlashga majburlashadi.

Darhaqiqat, ba’zi ota-onalar farzandining shaxsiy qiziqishlariga ko‘ra erkin kasb tanlashlariga qattiq qarshilik qilishadi. “Ot o‘rnini toy bosar” deguvchilar farzandlari o‘zlarining sohasini davom ettirishini xohlashsa, ayrim ota-onalar esa o‘z orzularidagi boshqa biror kasbni egallashlarini talab qilishadi. Xo‘sh, bu qanchalik to‘g‘ri?


Har bir ota-ona farzand tarbiyalar ekan, u biror kasb-korni egallab, kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishini istaydi. Bu istak yo‘lida tinmay harakat qiladi. Jumladan, farzandini ham moddiy, ham ma’naviy ta’miydi. Ta’lim olishi uchun qo‘lidan kelgancha sharoit yaratib beradi. Ammo ba’zi birovlar farzandining xohish-istaklari, qiziqishlari bilan hisoblashishni unutib qo‘yishadi.
O‘z kasbidan kamol topgan ba’zi ota-onalar farzandi ham ularning ishini davom ettirishlari uchun qattiq harakat qilishadi. Buning uchun o‘zlari egallagan kasbni juda muhimligini, moddiy imkoniyatlari ustunligini bolaga qayta-qayta ta’kidlab, uni ham shu kasbni davom ettirishga undashadi. To‘g‘ri, atrofimizda ota-onasining kasbini davom ettirib, yuksak natijalarga erishayotganlar ham juda ko‘p. Bunga san’atkor, tadbirkor, o‘qituvchi va boshqa kasb egalarining ishlarini davom ettirayotgan farzandlarini misol qilib aytishimiz mumkin. Masalan, men ham ota kasbini davom ettirib kamol topganlardan biriman. Biroq “Hammaning ham ota-onasi kasbiga qiziqishi, layoqati bormikan?” degan savol tug‘iladi. Chunki farzand ham shaxs, uning ham ota-onasi kabi o‘z fikri, qarshlari, ishtiyoqlari bor va bu ba’zan ota-onaniki bilan mutanosib bo‘lmasligi mumkin.
Ayrim ota-onalar farzandlari ular orzu qilgan kasbni egallshlarini juda-juda xohlashadi. Ular o‘zlari erisha olmaganlarini farzandlarida ko‘rishni, shu orqali orzulari ushalishini istaydilar. Farzandining bu kasbni egallshga salohiyati yetadimi yo‘qmi, salohiyati yetsa ham mehr berib ishlaydimi, yo‘qmi, yuksak natijalarga erisha oladimi yoki yo‘qmi, buni o‘ylashni unutishadi. Qo‘pol qilib aytganda, ota-ona o‘z istaklari yo‘lida bolasining kelajagini qurbon qilishadi. Ota-ona orzusini amalga oshirishga majbur bo‘lib kasb tanlagan farzand kasbini sevmasa, qiziqmasa, qanday natijaga erishishi mumkin. Hayotda bundaylar ham talaygina. Ular ota-ona aytgan kasbni egallashadi-yu ba’zan uquvi yetmaganidan ishida unum bo‘lmaydi, yoki qiziqishi yo‘qligidan bir ikki bo‘lmaydi. Bu bilan yon-atrofimizda ota-onasi orzusidagi kasbni egallab, yaxshi ishlab, el-u yurtaga foydasi tegayotganlar yo‘q, demoqchi emasman. Ota-onaning orzusi bolaning qiziqishi bilan mos kelsa, u samarali va fidoyi xodim bo‘lishi shubhasiz.
Men yuqoridagi har ikkala qarashlarni rad etishdan yiroqman. Sababi har kim o‘z fikrini to‘g‘ri deb biladi. Ammo shaxsan men farzandim kasb tanlashida uning qiziqishini birinchi o‘ringa qo‘yaman. Qachonki inson kasbini sevsa, mas’uliyat bilan mehnat qiladi, mehr berib ishlaydi. Har bir natijasidan ilhom oladi. Shundagina uning kasbida rivojlanish, yuksalish bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Xulosa qilib aytganda, biz ota-onalar farzandimizga faqat farzand emas, jamiyatda o‘z o‘rniga ega shaxs sifatida qarashimiz lozim. Kasb tanlash borasida ularning fikrlari bilan ham qiziqishimiz, kaysi kasbga qiziqishi balandligini aniqlashtirishimiz, kerakli o‘rinda maslahat berib, to‘g‘ri yo‘naltirishimiz kerak. Shundagina ular, nafaqat o‘zi, oilasi, balki yurt uchun ham foydasi tegadigan xodim bo‘ladi.
Shoira Sodiqova
Download 14.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling