Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin


Brend tushunchasi va brending asosiy prinsiplari (tamoyillari)


Download 176.83 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi176.83 Kb.
#1497726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qo\'shimcha55

Brend tushunchasi va brending asosiy prinsiplari (tamoyillari).


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotini barpo etish yo’lini tanladi hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Erkin iqtisodiy makonning shakllanishi hamda xorijlik hamkorlar bilan iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi natijasida buxgalteriya hisobida yangi hisob obyektlari paydo bo’ldi. Shulardan biri sifatida nomoddiy aktivlarni keltirishimiz mumkin.


Rivojlangan mamlakatlarda eng ko’p tarqalgan va muhim nomoddiy aktivlardan biri “Brend” bo’lib, ushbu atama ko’pincha “Savdo markasi” bilan, ayrim hollarda esa “Tovar belgisi” bilan bir xil tushuncha sifatida noto’g’ri talqin qilinadi. Haqiqatdan ham, O’zbekiston qonunchiligida “Brend” atamasi ishlatilmaydi, faqatgina “Tovar belgisi” atamasi qo’llaniladi.
Ushbu atamalarning umumiy jihatlari ham mavjud, shuning uchun ham ayrim vaziyatlarda ular sinonim so’zlar sifatida ishlatilishi mumkin. Bu holatda “Brend” va “Savdo markasi” atamalari tor ma’noni bildirib, ularning “Tovar belgisi” atamasiga mos qismini bildiradi.
O’zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq tovar belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan belgilardir. Shuningdek, mazkur qonunga muvofiq tovar belgisining huquqiy himoyasi belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish orqali amalga oshirilishi belgilangan.
“Savdo markasi” atamasi o’zining mohiyatiga ko’ra “tovar belgisi” atamasiga yaqin hisoblanadi, chunki savdo markasi ham tovarlarni xuddi shu turdagi boshqa tovarlardan farqlash uchun identifikasiyalash maqsadida foydalaniladi. Shu boisdan ham savdo markalari har xil belgilar, o’ziga xos ranglar, shriftlar va hokazolar ko’rinishida bo’ladi. Biroq, ingliz tilidagi adabiyotlarda “Savdo markasi” atamasi ancha kengroq mazmunda qo’llaniladi. Bunda savdo markalari deganda kompaniya yoki tovarlarning o’ziga xos xususiyatlari va tavsiflarini ajratib turuvchi belgilardan tashqari, ular tomonidan uyg’otiladigan hislarni ham hisobga olish kerakligi ta’kidlanadi. Bundan kelib chiqadiki, savdo markasini quyidagicha izohlash mumkin:
“Tovar belgsi reputasiya (obro’)”.
Bu yerda reputasiya (obro’) iste’molchilarning ushbu tovar belgisiga bo’lgan his-tuyg’ulari, ularning ushbu tovar belgisiga bo’lgan sodiqligini ifodalaydi. Bu holatda savdo markasi “Brend”ga yaqinlashadi.
Brend – “tovar belgisi” va “Savdo markasi” atamalariga nisbatan yancha keng tushunchadir. Brend “Savdo markasi” va “Tovar belgisi”laridan farqli ravishda iste’molchining ushbu tovarga nisbatan tasavvuri va ishonchini, shuningdek, kam farqlanadigan tarkibiy qismlar: qadoqlashning unchalik muhim bo’lmagan elementlari, tovar resepturasining va unga tegishli
“Know-how” ning himoyalanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi kabilarni ham o’z ichiga oladi. Ayrim mutaxassislar tomonidan mahsulot yoki kompaniyaning marketing strategiyasi, reklama dasturlari va reputasiyasi ham ko’pchilik hollarda brend tarkibiga kiritiladi. Boshqacha aytganda, brend bu mulkdorga (huquq egasiga) ushbu brendni nomoddiy aktiv sifatida foydalanish imkonini beradigan tovarning tashqi ko’rinishi, ekspluatasiya, texnik va boshqa tavsiflarini ifodalaydigan to’plamdir. Shunday qilib, brendning nomoddiy aktiv sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: bir marta yaratiladi hamda vaqti- vaqti bilan himoya qilib turiladi; xaridorlarning sodiqliligi va kompaniyaning ijobiy reputasiyasi hisobiga boshqa aktivlardan alohida holda kompaniyaga foyda keltiradi.





Download 176.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling