Funksional tashkiliy struktura marketing faoliyatini tashkil qilishning eng keng tarqalgan shaklidir, chunki u o‘rganilgan va ishlab chiqilgan birinchi struktura edi. Funksional tashkiliy struktura ta’minot, sotish, siljitish, taqsimlash va boshqa sohalar bo‘yicha mas’uliyatni taqsimlashni ko‘zda tutadi. Marketingning turli funksiyalari bo‘yicha mutaxassislar ularning faoliyatini tartibga soluvchi rahbarga buysunadilar (16.2-rasm). Bu struktura tovarlarning nisbatan cheklangan nomenklaturasini ishlab chiqaruvchi, barqaror tashqi sharoitlarda ishlovchi va o‘zining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun odatdagi boshqaruvchilik vazifalarni hal qilishni talab qiladi.
Marketingni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to’rtta komponentni o’z ichiga oladi:
korxona bozor imkoniyatlarining tahlili;
maqsadli bozorlarni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish.
Marketingni boshqarish va korxonaning marketing strategiyasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning differensiasiyasi umumiy jarayoni chizma shaklida ko’rsatilgan.
3.1-chizma. Marketingni boshqarish umumiy jarayoni
Ko’rinib turibdiki, diqqat-e’tibor markazida maqsadli iste’molchilar turibdi. Korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati yordamida uni harakatga keltirishdan iborat.
Korxonaning bozor imkoniyatlari — bu korxonaning foyda olish maqsadida bozordagi faoliyatining jozibali yo’nalishlari. Marketing qarorlarini qabul qilish va ularni amalda tadbiq qilish bo’yicha xatti-harakatlarni rejalashtirish uchun
korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish zarur. Buning uchun tahlilning quyidagi usullari qo’llaniladi: Vaziyatli tahlil; SWOT-tahlil; STER-tahpil; SAR- tahlil.
Do'stlaringiz bilan baham: |