Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin


Download 176.83 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi176.83 Kb.
#1497726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qo\'shimcha55

Vaziyatli tahlilning ahamiyati shundan iboratki, marketing tashqi va ichki muhitining asosiy elementlari ketma-ket ko’rib chiqiladi va ulardan har birining korxonaning bozor imkoniyatlariga ta’siri darajasi aniqlanadi. Natijada iste’molchilarning xatti-harakatlarini hisobga olish, bozor vaziyatini bilish, raqobatchilarning xatti-harakatlariga korxonaning javob reaksiyalarini baholash, ta’minotchilar va vositachilarga nisbatan olib borilayotgan siyosat aniqlanib olinadi. Korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish bo’yicha chuqurroq va batafsilroq ma’lumotlarni SWOT-tahlil asosida olish mumkin.
STER-tahlil (ingliz atamalarining bosh harflarining abbreviaturasi) korxona tashqi muhitining eng muhim elementlari tahliliga asoslanadi. Ya’ni: iqtisodiy, texnik-texnologik, ijtimoiy-demografik, ekologik, siyosiy, etik va huquqiy. Bunda makro-muhitni shakllantirish va muayyan korxona bilan aloqa qilishda o’zgarishlar va tendensiyalarga tegishli bo’lgan axborot to’planadigan ma’lumotlar banki yaratiladi.
SAR-tahlil korxona faoliyatida xohlaydigan va haqiqiy voqyealar o’rtasidagi strategik uzilish va farqlarni aniqlashga imkon beradi. Korxona faoliyatidagi kutiladigan natijalar sifatida ko’pincha muayyan korxona erishmoqchi bo’lgan
«balandlik» chiqadi. Haqiqatga kelsak, korxonaning vaziyati o’zgarmaganda, haqiqatan erishishi mumkin bo’lgan yoki erishgan natijalar hisoblanadi.
Maqsadli bozorlarni tanlash — bu korxona o’zining marketing xatti- harakatlarini yo’naltirmoqchi bo’lgan jozibali bozorni aniqlashdir. Bu yerdagi qabul qilingan qarorlar yo’nalishlarni, segmentatsiyaning mezonlarini va ko’rsatkichlarini tanlash, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bog’liq.
Marketing kompleksini ishlab chiqish qo’yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinasiyasini qo’llashdan iborat. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irrasional va hokazo) ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun vaziyatning xususiyatiga qarab marketing vositalarining muayyan kombinasiyasi ustuvor yo’nalishlar va strategik qarorlar ko’rsatilgan holda tuziladi.

Download 176.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling