Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin
Download 176.83 Kb.
|
Qo\'shimcha55
Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash raqamlashtirish hisobidan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar bevosita korxonalarda amaliy marketing faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish bilan bog’liqdir. Bozor iqtisodiyotining keskin raqobad muhitida yangicha fikirlashni ishlab chiqarishga va bozorni boshqarishga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro tajribalar shuni ko’rsatmoqdagi, iqtisodiy bilimlarning muhim tarkibiy qismi – amaliy marketing fanidir. Amaliy marketing sohasidagi fikrlar shundan iboratki, u bugungi kunda ishlab chiqarish va biznesda yaxshi tanilgan maqsadli auditoriya, raqobatchilar, xaritorlar kabi tushinchalarni qamrab oladi. Bu tushinchalar amaliy marketingda ko’zlangan maqsadga erishish, buning uchun biznesni qayerdan va kim bilan boshlash, istemolchilar kimlardan iborat ekanligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Amaliy marketing yangi bozorlarni o’zlashtirishda mahsulotlar yaratish, narxlarning shakllanishi, zamonaviy sotish usullarini amaliyotga jalb qilinishi, raqobatbardosh tovarlarni yaratilishi, texnologiyalarning takomillashishi, korxonalar faoliyatida amaliy marketingning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganish bilan bir qatorda bozor sharoitida korxonalarning amaliy faoliyatida paydo bo’ladigan muammolar tahlilini o’tkazishda o’zaro bog’liq xulosalarni shakllantirishda va ularning yechimini topishga e’tiborini qaratadi. Amaliy marketing - marketing rejasini amaliyotda qullash va amalga oshishini ta’minlovchi, korxonaning tijorat dastagi bulib, tovarlarni siljitishda narxini urnatish, sotish va kommunikasiya kabi amallar natijasida iste’molchilarning maksadli guruxi tomonidan tovar sifatining boshka tovarlardan fark kiluvchi jixatlarini baxolashlari xamda bozor pozisiyasini aniklash maksadiga qaratilgan dasturning bajarilishini ta’minlash bo’yicha «harakatlar» jarayonidir. Amaliy marketing jarayoni - Maksadli segmentni tanlash, Marketing rejasi (maksadlar, pozisiyalash, taktika kullash), Kompleks marketing bosimi (tovar, sotish, narx, kommunikasiyalar), Marketing byudjetini ishlab chikish, Rejani amalga oshirish nazorat kili shva xayotga tadbik etish. Demak, amaliy marketing - bu ayni paytda faol jarayonidir. U harakatdagi faol jarayon sifatida bozor iqtisodiyotining aniq faoliyat kursatishi uchun zarur bulgan bir qator vazifalarni xal qiladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda 5233300, - Agrobiznes va investitstion faoliyat ta’lim yo’nalishining o’quv rejasiga muvofiq mazkur bitiruv malakaviy ish tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Shuningdek, o’quv qo’llanmadan boshqa ta’lim yo’nalishi talabalari mazkur bitiruv malakaviy ishdan foydalanishlari mumkin. Marketingni amaliyotga tadbiq etilishi bu bir vaktning o’zida, xam boshkaruv falsafasi- uning tafakkur tizimi, xam faol harakat taomillari tizimi sifatida talkin etiladi. Birok, uning harakatlar tizimi paradigmasi kupincha ustvor bulib kelmokda, Buning sababi, bozor iqtisodiyotini belgilovchi iste’molchining ustivorlik prinsipining kup xollarda boshkarish metodlari vositalari tomonidan tan olinmasligidir. Natijada, marketing bir qator taklifning «tayiqiga» talabni moslashtirishga qaratilgan turkum amallar va dastaklar kiyofasida namoyon bulmokda. Bu yondoshuvlar bugungi kun marketingining nazariyasi va amaliyotida keng tarkalgan bulib, uning falsafiy mushoxada xamda harakatlar dastagidan iborat yaxlit nazariy va amaliy fan tarmogi sifatida tarkib topishiga putur yetmokda. Shunga muvofik, mazkur o’quv qo’llanmaning asosiy vazifasi marketing jarayonlarining asoslari tugrisida anik tasavvurni shakllantirishdan iborat. “Marketing” - so’zi keng tarqalgan bo’lsada, asosan quyidagi uch jihatda namoyon bo’ladi: reklama, sotishni rag’batlantirish va xaridorga ta’sir ko’rsatishdir, ya’ni boshqacha qilib aytganda mavjud bozorlarni egallab olish uchun foydalaniladigan savdoning o’ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, marketing birinchi navbatda va eng merkantilistik ma’noda asosan ommaviy iste’molchilar bozorida ko’proq, yuqori texnologiyalar, moliyaviy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo’llaniladi. Marketing - faqatgina yirik korxonalarning imkoniyatiga to’g’ri keladigan bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitasion modellari va tadqiqotlari kabi) vositalari majmuasi bo’lib, ular ehtiyojlarni va talabni tahlil qilishga istiqbolli va ilmiy yondashuvni ishlab chiqish uchun foydalaniladi. Tanqidchilar bunday noyob usullarning ishonchliligi va amaliy ahamiyatini unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. Marketingga bunday qarash marketing va reklama hamma narsaga qodir, ular bozorni qudratli kommunikasiya usullari yordamida istalgan narsani qabul qilishga majbur qila oladi, degan mavhum fikrga asoslangandir. Bunday sotish usullari ko’pincha xaridorlarning real ehtiyojlarini qondirish istagiga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi. Asosiy e’tibor sotuvchining ehtiyojlariga, ya’ni savdoni amalga oshirishga va bozorni egallashga qaratiladi. Download 176.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling