Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar


Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlari-ni uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodim­lar va sportchilarni rag’batlantirish


Download 103.16 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1464154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTIDORLI SPORTCHILARNI TANLASH VA TAYYORLASHDA SPORT MAKTABLARINING O\'RNI VA AXAMIYATI

1.4.Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlari-ni uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodim­lar va sportchilarni rag’batlantirish
Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlariniuyushtirish
Barcha toifalardagi bolalar va o’smirlar sport mak­tablarida, asosan, sport mashg’ulotlarini o’tkazish va sport turlari bo’yicha maxsus musobaqalar tashkil qilinib borilsada, ularning ish faoliyatida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish ham alohida o’ringa ega. Ayniksa, sport o’yinlari, yengil atletika va boshqa ba’zi sport turlari ommaviylik mazmuniga egadir. SHu sabab­dan bu turlar bo’yicha musobaqalar uyushtirilganda, boshqa sport maktablari va umumta’lim maktab o’quvchilarining sport jamoalari ham ishtirok etishi mumkin. Ommaviy sport tadbirlarining asosiy shakllari tuman-shahar, viloyat va respublika birinchiliklari, spartakiadalari, o’rtoqlik uchrashuvlari hisoblanadi. Bunday musobaqalarning zamirida sportchilarning tayyorgarligi, egallangan mahoratlar sinov hamda yirik sport musobaqalari,Xalqaro uchrashuvlar, Markaziy Osiyo, Osiyo va jahon chempionatlariga terma jamoa tayyorlash ko’rigi bo’lib xizmat qiladi.
Ommaviy sport tadbirlarining yana bir shakli va maqsadi shundaki, qaysi sport turi bilan shug’ullanishlaridan qatьiy nazar,o’z jamoalarida tashkil etilgan kross, futbol musobaqalari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini bajarish uchun tashkil qilinadigan ommaviy musobaqalarda ishtirok etish shartdir. Bundan asosiy maqsad shuki, sportchilarning jismoniy tayyorgarliklari darajasini muntazam oshirib borishdir. SHu sababdan sport maktablarining kalendar rejalariga om­maviy sport musobaqalarini kiritish va ularni amalda o’tkazish mahsadga muvofikdir.
Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarnirag’batlantirish
O’quvchi-yoshlar, ayniqsa yosh sportchilarni har tomonlama tarbiyalash ishlari ancha murakkab va o’z navbatida o’ta mas’uliyatli faoliyatdir. Murabbiylar oddiy xavaskorni eng mohir va respubli­ka musobaqalarida qatnashuvchi sportchi darajasiga yetkazadi. Ularning qaysi birlari halqaro sport musobaqalari va jahon birinchiliklarida sovrindor bo’lishga erishadilar. Bunday sportchilarni tarbiyalab yetkazgan Murabbiylar diqqat e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning murabbiylik toifalari oshiriladi, moddiy rag’batlantiriladi, «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvonlari hamda hukumatning orden va meddallari bilan takdirlanadilar.
Ma’lumki, sport maktablarida uslubchi /metodist/ va boshqa xodimlar lavozimi mavjud. Sport internat-maktablari, olimpiya o’rinbosarlari maktablari va shu sohadagi bilim yurtlarida o’quvchi-sportchilarning yotoqxonalari, ta’lim-tarbiya joylari, oshxona va texnik xizmat joylarida tarbiyachilar, mutaxassis xodimlar ham faoliyat ko’rsatishadi. Ularning yaxshi mehnatlari evaziga Nizomga ko’ra moddiy va ma’naviy rag’batlantirish amalga oshirib boriladi.
Sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlarida shug’ullanuvchilar orasida sport ko’rsatkichlari yuqori, ahloq-odob jihatidan namunali bolalar ko’p bo’ladi. Ularni rag’batlantirish, «Navro’z» «Mustaqillik kuni» bayramlari, «Jismoniy tarbiyachilar kuni» /kasb-bayrami/, yozgi sport mavsumi boshlanishiga, an’anaviy sport musobaqalari va boshqa tadbirlarda amalga oshiri­ladi. Bunda o’quvchilar faxriy yorliqlar, diplomlar, qimmatbaho buyumlar bilan takdirlanadi.
Respublika yoki halqaro sport musobaqalarining g’oliblarini tantanali yig’ilishda belgilangan mukofotlar bilan sharaflaydilar va olqishlaydilar.

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling