Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar


Iqtidorli sportchilarni tanlash sport maktablarining o'rni


Download 103.16 Kb.
bet5/6
Sana08.06.2023
Hajmi103.16 Kb.
#1464154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
IQTIDORLI SPORTCHILARNI TANLASH VA TAYYORLASHDA SPORT MAKTABLARINING O\'RNI VA AXAMIYATI

1.3.Iqtidorli sportchilarni tanlash sport maktablarining o'rni
Sport turlarini rivojlantirish, saralash ishlarini takomillashtirish, sohaga yangi zamonaviy metodlarni joriy etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
Sport turlarini rivojlantirish, saralash ishlarini takomillashtirish, sohaga yangi zamonaviy metodlarni joriy etish maqsadida 2018 yil 18 oktyabrda Jismoniy tarbiya va sport vazirining «Sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruq asosida Respublika oliy sport mahorati maktablari (ROSMM) huzuridagi Trenerlar kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, kengash faoliyati yangicha ko‘rinishda yo‘lga qo‘yildi, vakolatlari kengaytirildi.
Jumladan, sport ta’limi muassasalarining katta trener va yo‘riqchi-uslubchi lavozimiga nomzodlar ROSMMlar huzuridagi Trenerlar kengashi bilan kelishilgan holda saralanadi. Bu quyi tizimdagi sport ta’limi muassasalaridagi iqtidorli sportchilarni aniqlash va tajribali murabbiylar orqali ularning qobiliyatini yanada oshirish imkonini beradi.
Buyruqda shuningdek, musobaqalarga sportchilarni yuborish va sport tadbirlarini tashkil etishda trenerlar kengashi xulosasi talab qilinishi belgilab qo‘yildi. Hududlarda o‘tkazilayotgan musobaqa mazmuni va samaradorligini boyitish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy bo‘linmalari 2019 yildan boshlab barcha turdagi ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining yagona kalendar rejasini tegishli sport turlari bo‘yicha ROSMMlar bilan kelishgan holda belgilaydi.
Hujjatdagi yana bir muhim jihat — sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ROSMMlar shtat jadvaliga davlat trener-seleksioner va sport-menejeri lavozimlari kiritildi.
Ushbu buyruq asosida ROSMM hamda boshqa sport ta’lim muassasalari, federatsiya (uyushmalar)lar sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni ta’minlash sxemasi tasdiqlandi. Mazkur sxema orqali o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning yagona tizimi yaratildi.
Shu kungacha Respublika oliy sport mahorati maktablari (ROSMM), ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda boshqa sport ta’lim muassasalari va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning yo‘qligi, aniq mexanizmning yaratilmagani seleksiya ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilgan. Oqibatda, chekka-chekka hududlardagi iqtidorli yoshlar e’tiborsiz qolib ketavergan.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida sport yakkakurashlari, sport o‘yinlari, sportning qishki va murakkab texnik turlari, gimnastika, suv sporti, yengil atletika, ot sport turlari turlari bo‘yicha jami 7 ta Respublika oliy sport mahorati maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jismoniy tarbiya va soprtda yuqori natijalarga erishda sport menejmenti va
sport tahlimi muassasalari infrastrukturasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, muassasa rahbar xodimlarining taktik-boshqaruv mahorati, trener-o‗qituvchilar kasb malakasi, ularni yuqori sport tayyorgarligi, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishda yuksak pedagogik mahorat, sport bilan mutnazam shug‗ullanish, aholi orasida sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib etish, aholining barcha qatlami, ayniqsa yosh avlodni sportga jalb qilish orqali ular salomatligini saqlash, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayotini yanada yuksaltirish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri bo‗lib qolmoqda.
Tadqiqot materiali sifatida Farg‗ona shahar 1-BO‗SM faoliyatiga doir xujjatlari va ularning matematik statistik tahliliy ma‘lumotlaridan foydalanildi.
Jizzax shahar 1 - sonli Bolalar va o‗smirlar sport
maktabida olimpiada sport turlari qatoriga kiritilgan jami 34 ta sport turidan 17tasi bo‗yicha faoliyat olib boriladi. Ular quyidagi jadval asosida keltirilgan: badiiy gimnastika, badminton, basketbol, boks, voleybol, dzyudo, yengil atletika, kamondan otish, karate WKF, stol tennisi, taekvando WTF, trompolin, futbol, chim ustida xokkey, erkin kurash, yunon rum kurashi, qilichbozlik kabi sport turlari olib boriladi.
Ushbu BO‗SMda faoliyat olib borayotgan jami 17 ta sport turi bo‗yicha jami
Badiiy gimnastikada - 72 nafar, Badmintonda - 28 nafar, Basketbolda – 32 nafar, Boksda – 54 nafar, Voleybolda – 16 nafar, Dzyudoda – 28 nafar, Yengil atletikada -42 nafar, Kamondan otishda – 28 nafar, Karate WKFda – 10 nafar, Stol tennisida – 61 nafar, Taekvando WTFda – 96 nafar, Trompolinda – 45 nafar, Futbolda – 123 nafar, CHim ustida xokkeyda – 13 nafar, Erkin kurashda – 108 nafar, Yunon rum kurashida – 78 nafar, Qilichbozlikda – 23 nafar sportchilar shug‗ullanib kelmoqdalar. (1-jadval).

Download 103.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling