Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida milliy turmush tarzini sog’lomlashtirish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Zero O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M


Download 262 Kb.
bet1/9
Sana28.03.2023
Hajmi262 Kb.
#1302073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ABDUGAFFOROVA


KIRISH


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida milliy turmush tarzini sog’lomlashtirish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Zero O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek, «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Yurtimizda yoshlarni mustaqil, erkin fikrlovchi sog’lom turmush tarziga xos insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalash borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda». 1
O’zbekiston Respublikasinni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi dasturida”…. Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, nogironlikka ega shaxslarga sifatli ta’lim berish kabi vazufalar belgilanib, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni taqazo etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim va tarbiya masalalari respublikamizda va halqaro miqyosida me’yoriy huquqiy asoslarga ega.Jumladan, xalqaro hujjatlardan ayrimlarini keltiramiz: Inson huquqlari umumjahon deklataratsiyasi, BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilinib, 1992 yilda O’zbekistonda ratifikatsiyalangan “Bola huquqlari to’g’risidagi” Konvensiya, milliy huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (13 va 41 –moddalar), “Ta’lim to’g’risida” gi qonun ,( 20, 47, 52,55-moddalar), “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonuni 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli “ nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonida qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida” gi Farmonlari, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayan darajada xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyev «Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’gan davrda uning tarbiyasiiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi»2. Bugungi aavlodni tariyalashda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiya investitsiya kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Ular ham jamiyat taraqqiyotiga fikri, mehnati, layoqati va sadoqati orqali xizmat qiladi. Bular jumlasiga Inkluyuziy ta’lmni joriy etish va bu borada qilinayotgan va qilinishi kutilayotgan muvofiqiyatli ishlarimizni aytsak mubolag’a bo’lmadi.
Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlodni sog’lom, barkamol, bilimli, mustaqil va erkin fikr sohibi etib tarbiyalsh muhimdir.»
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni o’z ijodiy va aqliy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun yurtimizda iqtisodiy jihatdan yoshlarimizni moddiy rag’batlantirish va ma’naviy qo’llab quvvatlashlarining samarali tizimlari ishlab chiqildi. Chunki, yurtimizni ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, еtuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji, yo‘lidagi ezgu say –harakatlarini amalga oshiradigan qudratli kuchdir.
2022-2026 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 5-ustuvor yo’nalishida «aholini ijtimoiy himoya qilish nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash»3ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi. 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari» yili deb e’lon qilinishi barkamol avlodni har tomonlama shakllanishida muloqot qilish ko’nikmalarini rivojlantirish orqali inson o’z manfaatlariga erisha olishi, hayotda o’z o’rnini topa olishiga, ijtimoiy jihatdan moslashuviga yordam bera olishi ifodalanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim tog’risida»gi va «O’zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonun, «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun, 2011 yil 13 sentabrdagi «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 256-sonli qarorlari, 2000 yil 26-28 aprelda Butun jahon forumida qabul qilingan «Ta’lim hamma uchun», «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun (2008 yil), 2017 yil 1 avgustdagi «Nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda O’zbekiston Respublikasida nogiron bolalar ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e’tibor davlat tomonidan ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy - texnik bazasini mustaxkamlashga yо‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarning moddiy – texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va о‘quv – tarbiyaviy rejalariga qо‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017 – 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida4” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida qabul qilingan dasturda keng kо‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutildi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yо‘lining uzviy va bosqichma – bosqichligini ta’minlaydi.
Ta’lim tizimini tubdan islox qilish, yosh avlodga hozirgi zamon fan va texnika yangiliklari haqida chuqur va xar tomonlma bilim berish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining mutaxasislar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalaring zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurush nazarda tutilgan. O’sib kelayotgan yosh avlodning xayotda o‘z o‘rnini topishi, komil inson bo‘lib еtishishda uning maktab dasturlarini o‘zlashtirishda nutqning o‘rni beqiyosdir. »5. Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur fikrlari bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni talab etadi. Bu esa ijtimoiy tarbiya bilan oilaviy tarbiyani mazmunan uzviy bog‘lash zaruratini keltirib chiqaradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, shu mamlakatda yashovchi fuqarolarning jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishi ,oila va ijtimoiy tarbiya bilan belgilanadi. O‘zbekistonda barcha sohalarning, ayniqsa, ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi tayyorlash «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi nashri yaratilishi, davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi muallim va ustozlar zimmasiga yuksak vazifalar yukladi. Yuqorida zikr etilgan davlat hujjatlarining mazmun-mohiyati, asl maqsadi ham yosh avlodni ma’naviy barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Mamlakatimizda ma’naviy tarbiya, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki inson jamiyatning tayanchidir. Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan ravnaqini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, axloqiy, jismoniy barkamolligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti. Jahonda ta’lim XXI asrning barqaror taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, Koreya respublikasida o‘tkazilgan xalqaro ta’lim forumida 2030 yilgacha belgilangan konsepsiyada “Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish” kabi dolzarb masalalarga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaydi6. Bu sohada olib borilayotgan siyosatning diqqatga sazovor tomoni shundaki yosh davlatning kelajagi sog‘lom avlod qo‘lida ekanligi chuqur his etilgan holda amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston Respublikasida 11mln. 300 ming nafar boladan 125900 nafarining jismoniy imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, ulardan 47475 nafari maktablarda, 10830 nafari yakka tartibda hamda 14586 nafari maxsus maktab-internatlarda o‘qitilmoqda. Shularning ichida 3066 nafar bola kar, 1160 nafari zaif eshituvchi bolalardir .O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikning oldini olish va nogironlarni jamiyatning teng huquqli a’zolari sifatida uyg‘unlashib ketishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. BMTning bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Konvensiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddalarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, hamda uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’limni tashkil etish ta’kidlab o‘tilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumtalim muasasalariga jalb kilishda ota onaning roli va muhim yo‘nalishlaridan aniqlash, o‘z-o‘zini baholashi, psixologik “himoya usullari”ni, u o‘zining psixik holatlarini, xarakterining asosiy sifatlarini va boshqa individual-psixologik xususiyatlarini dolzarb masalalar qatoriga kiradi.7
O‘zbekiston Respublikasida nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish usullari yuzasidan L.R. Mo’minova (1991 y) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning to’liq rivojlanmaganligini bartaraf etishning korreksion-pedagogik asoslarini, M.Y. Ayupova (1992 y) maktabgacha tarbiya yoshidagi o’zbek bolalarida fonetik-fonematik kamchiliklarini bartaraf etish yo’llarini X.M. Po’latova (1994 y) nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutq faoliyatini faollashtirishni, YE.A. Babayeva (1991 y) Nutqining to’liq rivojlanmasligini blingivizm ya’ni ikki tillilik asosida kelib chiqishini, N.X.Raxmankulova kichik maktab yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalarni tengdoshlari bilan axloqiy munosabatlarini shakllantirishni, Z.M.Axmedova (2009) umumta’lim maktablari o’quvchilarida duduqlanishni bartaraf etishda logopedik ish tizimini o’z tadqiqotlarida ilmiy jixatdan o’rganganlar.
Lekin O’zbekistonda nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ruxiy rivojlanish xususiyatlari, bilish jarayonlari ilmiy jixatdan yetarlicha o’rganilmaganligi, nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarning ruxiy rivojlanishi xaqida o’zbek tilida manbalar еtarlicha emasligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Muammoning ilmiy jihatdan o‘rganilmaganligidan kelib chiqqan holda, “Maktabgachaga yoshda dizartrik bolalarda maktabga tayyorlashning psixologik xususyatlari.” tadqiqot mavzusi sifatida tanlandi.

Download 262 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling