2-variant Talaba F. I. Sh davlatnazarov Shoxruhbek Guruh sbi-50
Download 466.71 Kb.
|
2-variant 1-topshiriq investitsiya tavakkalchiligi deganda nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering.
- 3. Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz
2-variant Talaba F.I.SH Davlatnazarov Shoxruhbek Guruh SBI-50 1-TOPSHIRIQ 1. Investitsiya tavakkalchiligi deganda nima tushunasiz? Investitsiya tushunchasiga ba’zi bir xalqaro ko’p tomonlama shartnomalarda ham ta’rif berib o’tilgan bo’lib, xususan, 1997-yilda qabul qilingan Investorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi Moskva konvensiyasining 1-moddasiga muvofiq investitsiya bu investorlar tomonidan foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida moliyaviy va moddiy vositalarni shuningdek, mol-mulkka hamda intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni agar ular mazkur shartnomaga a’zo davlatlarning milliy qonunchiligiga ko’ra muomiladan chiqarilmagan yoki muomilada bo’lishi cheklanmagan bo’lsa, turli faoliyat obyektlariga jalb qilishdir. “Ko’p tomonlama investitsiya kafolatlari agentligni tashkil etish to’g’risida”gi 1985-yildagi Seul konvensiyasida investitsiya tushunchasiga izoh berilmagan bo’lsada, investitsiyalarning uch asosiy belgisi ko’rsatib o’tilgan. Bunda avvalo, konvensiya a’zolari investitsiyalarni pul qo’yilmasi tarzida yoki natura shaklida amalga oshirilishi lozimligidan kelib chiqib harakat qiladilar. 2. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering. Yana bir muhim omil mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muxolif partiya vakillari va xalqning xorijiy investorlarga nisbatan bo‘lgan do‘stona munosabatlaridir. Undan tashqari oddiy xalqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil ham investorlarning mamlakatdagi faoliyatlariga katta ta’sir o‘tkazadi. 3. Investitsiya jarayoni deganda nimani tushunasiz? Investitsiya jarayoni – pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bo’sh mablag’larga ega bo’lganlar) ni pul talab qilayotganlar (ularga ehtiyoj sezayotganlar) bilan uchrashtirish mexanizmidir. Ikkala tomon odatda moliyaviy institutlarda yoki moliyaviy bozorda uchrashadilar. Ayrim vaqtda, xususan mulkiy qiymatlar (masalan, ko’chmas mulk) bilan bitim imzolanganda sotuvchi va xaridorlar bevosita muomalaga kirishadilar. Moliyaviy institutlar – masalan, banklar va ssuda omonat assotsiatsiyalari – odatda omonatlarni qabul qiladilar va keyin pulni kreditga beradilar yoki boshqa pul bilan mablag’larni investitsiyalaydilar. Moliyaviy bozorlar – moliyaviy resurslarni taklif qiluvchilarni va ularga ehtiyoj sezayotganlar odatda fond birjalariga o’xshash vositachilar yordamida bitim tuzish uchun birlashtirish mexanizmi hisoblanadi. Aktsiyalar bozori, obligatsiyalar bozori, auktsionlar bozori kabi moliyaviy bozorlarning qator turlari bor. Ularning umumiy xususiyati moliyaviy vositani bahosi turli holatlarda talab va taklifni muvozanat nuqtasini topishlikdadir. Daromadlilik, tavakkalchilik, inflyatsiyalar, dunyodagi turli vaziyatlar haqida yangi axborotlarni e’lon qilinishi tufayli talab va taklif nisbatining o’zgarishi yangi muvozanatni yoki yangi bozor bahosini o’rnatilishiga olib keladi. Download 466.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling