Bugungi kunda raqamli texnologiyalar inson hayotining barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. O`z navbatida, bunday rivojlanish yo`liga o`z vaqtida kirishgan davlatlar muvaffaqiyatlarga erishmoqda


Download 19.71 Kb.
Sana17.09.2023
Hajmi19.71 Kb.
#1680130
Bog'liq
5-bob.x


Bugungi kunda raqamli texnologiyalar inson hayotining barcha sohalariga jadal kirib bormoqda. O`z navbatida, bunday rivojlanish yo`liga o`z vaqtida kirishgan davlatlar muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Eskicha mehnat qilayotgan davlatlar esa taraqqiyotdan ortda qolmoqda. Albatta raqamli iqtisodiyot jamiyatda muayyan o`zgarishlarni yuzaga keltiradi, xususan, uning mehnat sharoitlariga ta’siri sezilarli bo`ladi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun’iy intellekt, ulkan ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan foydalanish ko`lamining ortishi mehnat resurslari uchun o`rinbosar bo`lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik sezilarli darajada ortib boradi. Har bir tashkilotda o`zgarishlarni amalga oshirish jarayonida haqiqat bo`lishi uchun mavjud muammolar ochiq, ya’ni demokratik usul bilan yoritilishi kerak. Buning uchun turli vositalar mavjud bo`lib, ular hayot qonunini o`rganish, aql-zakovatni rag`batlantirish kabilarni o`z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarishning asosiy konsepsiyasi ularning moliyaviy faoliyatini tartiblashtirilgan holatda tashkil etish hamda moliyaviy manbalarni markazlashtirishga bog`liqdir. Bu konsepsiya moliyalarni tezkor monyovrlash va ulardan mobil tarzda foydalanish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishning muhim yo`nalishlariga jalb etish, moliyaviy rejalarning turli muddatlarni ishlab chiqish va tasodifiy holatlarda moliyaviy rezervlarni yaratish imkonini beradi. Korxonalar boshqaruv tizimini shakllantirish umumiy holda boshqaruv usullari tizimlarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Zaruriy natijaga erishish maqsadida tashkiliy tizim faoliyatini amalga oshirish boshqaruv tizimini ushbu tizimga ta’sir etishi orqali bajariladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga keladigan bo`lsak, yangicha boshqaruv fikriga ega rahbar detallar va uzellarni transportirovkasini, noratsional moddiy oqimlarni va barcha turdagi zaxiralarni bartaraf qilishni o`ziga oluvchi qo`shimcha xarajatlarni va moddiy-energetik resurslarni tejashga bo`lgan intilish ajratib turadi. Bu narsaga vazifalarni boshqaruv pog`onasining pastki darajalariga, ya’ni bevosita bajaruv-chilarga taqsimlab berish orqali erishish mumkin bo’ladi. Boshqaruvda yangicha fikrlashning muhim elementi sifatida ishlab-chiqarishga yangi texnika-texnologiyani kiritishning iqtisodiy asoslanganligiga bo`lgan yondashuvlar hisoblanadi. Boshqaruvning hozirgi zamon nazariyasi birinchidan, boshqaruv samaradorligi ko`rsatkichlarining korxona samaradorligi va salohiyati ko`rsatkichi bilan mos kelishi zaruratini ifodalasa, ikkinchidan, qo`shimcha vositalar to`plamidan foydalangan holda boshqaruvga ko`p taraflama ta’sirlarni hisobga olish zarurati mavjudligini ko`rsatadi. Umumiy holda boshqaruv tizimi va uning samaradorligini 3 darajada tavsiflash mumkin:
1. Ancha yuqori hisoblangan tizimning organik qismi hisobida.
2. Mustaqil butun tizim sifatida.
3. Tizim tarkibida mavjud bo`lgan hamda maxsus hususiyatlarga ega bo`lgan o`zaro mos keluvchi komponentlar to`plami sifatida.
Korxona boshqaruv faoliyati mahsuloti ham uch o`lchamlidir. Birinchidan,
bu mahsulot boshqaruv sohasining amal qilishi samaradorligi va boshqaruv
faoliyatining natijasi sifatida izohlansa, ikkinchidan, boshqaruv tizimining faoliyatini sifati va iqtisodiyoti tamoyillini ifodalovchi oraliq vosita sifatida ifodalanadi; uchinchidan esa, mahsulot boshqaruv mehnatining amallari va bosqichlari sifati, mavjud bo`lgan salohiyatidan foydalanish xususiyati va boshqaruv vositalarining birlashtirilishi sifatida izohlanadi.
Kompaniyaning ishlab chiqarish tizimi qanchalik yaxshi ekanligini yagona to`g`ri me’zoni bu uning tashqi va ichki bozorda raqobatchilik qila olish imkoniyatidir. Shuning uchun zamonaviy ishlab chiqarish bugungi kunda quyidagilarga mos kelishi kerak:1) Yalpi moslashuvchanlikka, 2) Ishlab chiqarish texnologiyasiga 3)Sifatga bo`lgan talab 4) Ishlab chiqarish xarajatlarining tuzilmasiga.
Download 19.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling