Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana25.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1397771
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Oʻsmirlarda axborot manbalariga qaramlik shakllanishining ijtimoiy-psixologik jihatlari




KIRISH 
Bugungi kunni yuqori axborot texnologiyalarisiz, ayniqsa, internetsiz jamiyatni 
tasavvur qilib bo’lmaydi. SHaxslar, jamiyat va davlatlararo yangi sifat 
munosabatlari shakllandi. Industrial jamiyatning o’rniga axborot jamiyati barpo 
bo’ldi, natijada ommaviy kommunikatsiya va axborotlarni roli keskin o’sib 
bormoqda. So’nggi bir necha yillar ichida kompyuter texnologiyalarining shiddat 
bilan rivojlanishi hamda ularning o’quv jarayoniga intensiv ravishda tatbiq qilinishi 
ta’lim tizimida tom ma’nodagi ijobiy o’zgarishlarga olib keldi. Mazkur o’zgarishlar 
ta’lim tizimi tuzilmasi, o’qitish jarayoni metodologiyasi va texnologiyasigagina 
emas, balki uning strategik yo’nalishiga ham ta’sir ko’rsatmoqda. 
Axborot tahdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa 
sohalarga jiddiy salbiy ta’sir qilish imkoniyati bor: shaxs dunyoqarashiga, jamiyat 
barqarorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg’itishga va ohiri oqibatda 
har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham.
CHunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham 
ko’zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni 
o’zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o’zi esa 
mustahkam irodali bo’lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa 
bunday imkoniyatga ega emas.  SHuning uchun axboriy-psixologik barqarorlikka 
birinchi o’rinda axborot tarqatuvchilar ega bo’lishi shart: davlat tuzilmalari 
xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshqalar.
Bugungi kunda kundalik xalqaro munosabatlarda “axborot urushi”, “axborot 
qarama-qarshiligi”, “axborot bosimi” va h.k. kabi tushunchalar ko’p 
ishlatilayotganligi aholini axborot xurujidan himoyalash bo’yicha choralar ko’rish 
muhimligini yanada oshiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi yana SHundaki
hozirda odamlar ongi (shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat) ma’lum jarajada ommaviy 
axborot vositalarining faoliyati va axborot resurslarining ta’siridadir.
Shuning uchun, ayniqsa ochiq ommaviy axborot tizimi sharoitida shaxs, 
jamiyat va davlatning axborot, axborot-psixologik xavfsizligi bilan bog’liq 
muammolarni hal qilishning ahamiyati yanada oshadi. Ayni vaqtda, axborot tizimi 



imkoniyatlarini milliy manfaatlarni himoyalash va rivojlantirish, SHuningdek, 
global axborot makonida davlatning manfaatlarini amalga oshirish uchun qulay 
sharoit yaratish yo’lida foydalanish juda muhim hisoblanadi. Ommaviy axborot 
vositalari ta’siri, uning imkoniyatlari, axborot tahdidlari va xurujlaridan 
himoyalanish jihatlarini o’rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. 
Bugungi kunda glabballashgan zaminda o’sib ulg’ayayotgan yosh avlod
beixtiyor axborot oqimining kenngligi, ko’lami va imkoniyatlaridan misli 
ko’rilmagan darajada foydalanish imkoniyatiga egadir . Ming afsuski axborot 
oqimining kengligi o’smir yoshidagi oq qorani to’g’ri tushuna olmaydigan bola 
ongini yod g’oyalar bilan zaxarlashi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev“ Axborot-kommu-
nikatsiya 
texnologiyalari 
sohasidagi 
loyihalarni 
boshqarish 
tizimi-
ni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 yil 29 avgustdagi PQ-
3245-son 
qarorini 
bajarish 
yuzasidan 
hamda 
zamonaviy 
texnologiyalardan 
foydalangan holda axborot va jamoat xavfsizligi, shuningdek huquq-tartibotni 
taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, Davlat axborot tizimlari va 
resurslari, shuningdek, Internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini 
taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar 
ishlab chiqish qarorlarining qabul qilinishi yurtimizda axborot manbalariga bo’lgan 
qaramliklarni oldini olish va axborot xavsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda . 
Xuddi shu bois mamlakatimizda bunday muammolarni oldini olish borasida qator 
qonun va qarorlar qabul qilinib ijrosi ta’minlanmoqda Yurtimizga zukko, o`ta 
zehnli, kuchli intellektual potensiya ega , bunyodkor va ijodiy faol, shaxsiy, kasbiy, 
ijtimoiy, siyosiy hayotda mustaqil ravishda o`z yo`lini, o`rnini topa oladigan
istiqboldagi vazifalarni oldindan ko’ra bilib, ularni hal etishda va mustaqil qaror 
qilishga qodir bo`lgan yoshlar zarur . Buning uchun esa o’smirlik yoshidagi yigit va 
qizlarimiz axborot manbalariga qaram bo’lmasliklari, turli yod g’oyalar ta’siriga 
tushib qolmasligi , virtual xayot bilan real xayotning mazmun mohiyatini teran 
anglagan bo’lishlari shart, bu kabi talablarning mavjudligi mavzumizning 
dolzarbligini ifodalaydi .




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling