O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
“YUMSHOQ O‘YINCHOQLAR” TO‘GARAGI
O‘QUV DASTURI
TOSHKENT-2021
Muallif:
|
N.Stepanyuk-“Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak rahbari
|
Taqrizchi:
|
M.Yunusova-O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi akademik litseyi o‘qituvchisi
|
Ushbu o‘quv dastur Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2021-yil 23-iyuldagi 1-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
“YUMSHOQ O‘YINCHOQLAR” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI
KIRISH
Yumshoq o‘yinchoqlarni tayorlash san’ati qadimgi xalq amaliy san’atining turlaridan biri hisoblanadi. O‘yinchoqlar tayorlash xalqlarning urf - odatlari va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan.
“Yumshoq o‘yinchoqlar” to‘garagida o‘quvchi-yoshlarni o‘yinchoqlar dunyosi bilan tanishtirish, ularni turli xil o‘yinchoq namunalarini yasash ko‘nikmalarini hosil qilish, mustaqil mehnat qilishga, ijodiy dunyoqarashini boyitishga, o‘yinchoqlarni to‘g‘ri yasash, xomashyolar, ranglarni to‘g‘ri tanlay olishga o‘rgatish, bolalarni ijodkorligini oshirish va kasbga yo‘naltirishdan iborat.
“Yumshoq o‘yinchoqlar” to‘garagiga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Ushbu o‘quv dasturida berilgan mavzular va mavzuga oid soatlar miqdori (216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin.
“YUMSHOK O‘YINCHOQLAR” TO‘GARAGINING O‘QUV REJASI
Do'stlaringiz bilan baham: |