Ammo, ushbu summadan hisoblanadigan 15 % YaIT ni ham korxona to`lab beradi.
Ya’ni korxonaning ish haqi xarajatlari 11 500 000 bo`ladi.
rejaga mazkur summani kiritishi lozim.
Bundan tashqari agar xodimning oylik maoshiga nisbatan hisoblangan YaIT bitta xodim uchun eng kam ish haqini 65 % idan kam bo`lsa, korxona eng kam ish haqini 65 % ini byudjetga to`lab beradi.
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqi 500 000 so`m. Uning 15 % i 75000 so`m.
Bu esa, eng kam ish haqini 65 %idan kam (130240*65%=84656).
Demak, korxona 84656 so`m byudjetga to`laydi.
Ish haqini hisoblashda razryad tushunchasi mavjud bo`lib, oylik maoshning quyi chegarasini belgilab beradi.
Har bir razryad koeffisienti mavjud. Masalan, 0 – 1.000, 1 – 2.476……..22 – 10.240.
Buning mazmuni shundan iboratki,
1 - razryadli ishchiga hisoblangan ish haqi shu razryadning koeffisientini amaldagi EKIH ga ko`paytirilganidan kam bo`lmasligi kerak. Hozirgi kunda 0 – razryadni qo`llash mumkin emas.
Demak, 2.476*130240 = 322474 so`m. Bundan past oylik hisoblash mumkin emas. (1 ta to`liq shtat uchun)
Yillik moliyaviy hisobotning tarkibi
(Kichik biznes subyektlari uchun)
Buxgalteriya balansi (1-shakl)
Moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot (2-shakl)
Mоliyaviy hisоbоtning hisоbоt dаvri 1 yanvаrdаn 31 dекаbrgа qаdаr bo`lgаn каlеndаr yil dеb bеlgilаngаn.
Kichik korxona va mikrofirmalar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechikmasdan topshiradilar.
Buхgаltеriya (mоliyaviy) hisоbоtlаri
tаqdim qilinаdi:
Sоliq оrgаnlаrigа
Та'sis hujjаtlаrigа muvоfiq mulкdоrlаrgа
Dаvlаt stаtistiка оrgаnlаrigа
Qоnunchiliкdа кo`zdа tutilgаn bоshqа оrgаnlаrgа
Do'stlaringiz bilan baham: |