«Bujet xisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasi «Byudjet Hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni tashkil etish


Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish


Download 130.31 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi130.31 Kb.
#1533518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Камолов Акром ММС 61..

Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish.


Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8- son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekt (predmet) bo’yicha yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10- son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo’yicha inventar kartochkalar ro’yxatida xatlashdan o’tkaziladi. Ushbu ro’yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga bo’lib, kartochkalar ochilgan yilni ko’rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo’yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko’chirilganda xatlash ro’yxatining ―Izoh‖ grafasida memorial orderning sanasi (kun, oy, yil) hamda raqami ko’rsatiladi.
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar bo’yicha hamda o’z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo’lingan holda joylashtiriladi. AV-6-son shakldagi inventar kartochka turar-joy imoratlar (010 subschyot), noturar joy imoratlar (011 subschyot), inshootlar (012 subschyot), mashina va jihozlar (013 subschyot), transport vositalari (015 subschyot)ni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Inventar kartochkalarni yuritishdan maqsad asosiy vositalarni barcha tavsifini va ulardagi o’zgarishlarni aks ettirishdan iborat.
Inventar kartochka buxgalteriyada har bir alohida obyekt uchun ochiladi va asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, mazkur obyekt uchun tayyorlovchi zavodning pasportlari, texnik va boshqa hujjatlari asosida to’ldiriladi. Asosiy vositalar obyektiga ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq inventar kartochkada obyektning belgilari, ya‘ni, obyektning inventar raqami, chizmasi, loyihasi, modeli, xili, markasi, zavod (yoki boshqa) raqami, chiqarilgan (tayyorlangan) sanasi, qabul qilish dalolatnomasining sanasi va raqami, dastlabki (tiklash) qiymati, xarid va qayta baholash hujjatlari bo’yicha eskirishi to’g’risidagi ma‘lumotlar ko’rsatiladi. Asbob- uskunalar, priborlar, hisoblash teknikasi, muzey qimmatliklari va boshqalar tarkibida qimmatbaho metallar bor bo’lsa, tarkibida qimmatbaho metall bor bo’lgan detallar ro’yxati, pasportda ko’rsatilgan detallarning nomi va metall og’irligi ko’rsatiladi.
Inventar kartochkaning orqa tomonida asosiy vositalarning kelib tushishi (obyektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida), joyini o’zgartirilishi (asosiy vositalar obyektining ichki joylashishi joyini o’zgartirish yukxati asosida), obyektlarning hisobdan chiqarilishi (asosiy vositalar obyektini (avtotransport vositalaridan tashqari) hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma yoki avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma asosida asosiy vositalar obyektining chiqib ketishida yoki hisobdan chiqarilishida) to’g’risidagi ma‘lumotlar, obyektning o’ziga hos qisqacha tavsifi, uni tashkil qiluvchi predmetlar ro’yxati va uning asosiy sifat hamda miqdor ko’rsatkichlari, shuningdek dalolatnomalar va ilova qilinadigan texnik hujjatlar ma‘lumotlari asosida eng kerakli taqab qurilgan binolari, moslamalari va jihozlari keltiriladi.
AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 subschyot) hisobga olish uchun xizmat qiladi. Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (xarid qilish hujjatlari bo’yicha) ochiladi va unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamg’asi, oti va h.k. ko’rsatilgan holda o’ziga hos tavsifi keltiriladi. Ko’p yillik o’simliklar turi, o’tqazilgan birliklar soni va maydoni ko’rsatilgan holda inventar obyektlari bo’yicha hisobga olinadi.
AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, texnik tavsifga ega bo’lgan asosiy vositalar obyektlarining bir xil guruhlari: kutubxona fondlari va sahnaga qo’yish vositalarini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Kartochkadagi yozuvlar miqdor va summa ifodasida yozib boriladi. Inventar kartochka asosiy vositalar obyektlari guruhlarini qabul qilishtopshirish dalolatnomasi, asosiy vositalar obyektlarini ichki joylashish joyini o’zgartirish yuk xati asosida ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs bo’yicha yuritiladi. Obyektlarni hisobdan chiqarish hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati bo’yicha faqat pul ifodasida yuritiladi.
Sahnaga qo’yish vositalari hisobi soni va obyektlarning qiymati bo’yicha inventar kortochkalarda yuritiladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:

  • oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha obyektni sotib olish;

  • kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan obyektni qabul qilish topshirish;

  • beg’araz kelib tushish;

  • tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;

  • asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Sotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek, tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
- asosiy vositalarni yetkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar obyektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Tashkilotning o’zida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) bo’yicha aks ettiriladi.
Beg’araz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya hisobida qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan joriy qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o’zgartirishga asosiy vosita obyektlarida amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan hollarda ruxsat etiladi.
Qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlariga asosiy vositalar obyektining texnologik yoki xizmat mo’ljalining o’zgarishi, oshirilgan ishlar ko’lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo’lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar obyektlarini qayta qurish kiritiladi.
Asosiy vositalar oldi sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olinganda, beg’araz olinganda yuk xati (schyot faktura yoki nakladnoy)ga asosan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan olinadi. Korxonada raxbar tomonidan tuzilgan asosiy vositalarni qabul qilish va hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy faoliyat qiladigan komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1 shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, raxbar tomonidan tasdiqlanadi va tegishli bo’lgan texnik hujjatlar(pasport va boshqalar) ilova qilinadi.
Qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalar bo’yicha tugallangan ishlarni qabul qilish AV-3-son shakldagi qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish bo’yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma mazkur ishlarni amalga oshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.


Download 130.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling