«Bujet xisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasi «Byudjet Hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni tashkil etish
-chizma. Asosiy vositalar kirimini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishning sxematik ko’rinishi
Download 130.31 Kb.
|
Камолов Акром ММС 61..
1-chizma. Asosiy vositalar kirimini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirishning sxematik ko’rinishi.1
Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazilganda yoki inventarizatsiya natijasida asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlari komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1 shakldagi byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi. Yuqoridagi hujjatlarga asosan AV-6, AV-8, AV-9 – son inventar kartochkalar ochiladi va buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi 6-memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi. Agarda asosiy vositalar tashkilot ichida bir moddiy javobgar shaxsdan bashqasiga o’tkazilsa (yoki tashkilotning bir bo’limidan ikkinchisiga berilsa) u holda AV-2-son shakldagi asosiy vositalarni ichki joydan-joyga ko’chirish bo’yicha yuk xati to’ldiriladi. Bir oylik o’rtacha ish haqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o’tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning o’rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o’tgan bo’lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mulki o’g’irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo’qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda etkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo’yicha hisoblanadi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to’ѓrisidagi ma‘lumotlar; b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsientini qo’llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to’g’risidagi ma‘lumotlar; v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi ma‘lumotlar; g) inventarizatsiya o’tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e‘lon qilingan narx darajalari to’g’risidagi ma‘lumotlar; d) tegishli mol-mulkning qiymati to’g’risida baholovchining ekspert xulosasi. Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to’g’risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo’yicha byudjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish byudjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo’lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a‘zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar obyektlarining saqlanishi uchun javobgar bo’lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo’ladi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling