«Bujet xisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasi «Byudjet Hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni tashkil etish
Download 130.31 Kb.
|
Камолов Акром ММС 61..
Xulosa.Xulosa o`rnida aytish joizki, asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatash jarayonida yohud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi - umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o’z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli mo’ljaldagi bitta yoki bir nechta buyumlardir. Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bo’lgan bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo’lgan holatda har bir bunday ob’ekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’ekti sifatida tan olinadi. Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo’lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa; b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa. Asosiy vositalar ob’ektlarining eskirishi - ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari yo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni jamg’arishni ta’minlashi kerak. Bunday jamg’arishga amortizatsiya deb ataluvchi ajratmalarni xarajatlarga kiritish hisobiga erishiladi. Amortizatsiya (lotincha amortisatio - qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Soliq solish maqsadida amortizatsiya davlat tomonidan belgilangaq yagona me’yorlar asosida boshlang’ich qiymatga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Har bir ob’ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100 % idan oshishi mumkin emas). Asosiy vositalar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida sub’ekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgunga qadar yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgan yoki bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to’xtatiladi. Asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan holatlar, shuningdek ularni butkul to’xtatish sharti bilan ob’ektni qurib bitkazish, to’liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish davri bundan mustasno. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u daxldor bo’lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalarni qayta baholash «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom qoidalari bo’yicha: – har yili tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari; – uch yilda bir marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan (1-fevralgacha) 1-yanvar holatiga ko’ra qayta baholash o’tkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati qayta baholanishi mumkin (shu jumladan o’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bo’yicha vaqti-vaqti bilan). Asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o’tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalar indeksatsiya yo’li bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’iga rezerv kapitali tarkibiga hisoblanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash natijasida "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i rezerv kapitalining mazkur ob’ektning avvalgi hisobot davrlarida o’tkazilgan baholashdagi ortgan summasi atrofida kamayishiga tegishlidir. Asosiy vositalar to’g’ridan-to’gri usul bilan qayta baholanganda buxgalteriya hisobida hisobda turuvchi eskirish summasiga qayta baholangandan keyingi tiklash qiymatining qayta baholashdan oldingi qiymatga nisbati bilan hisoblanadigan qayta hisoblash koeffitsienti bo’yicha tuzatish kiritiladi. Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta baholash sanasi holatiga hisobda bo’lgan eskirish summasi (to’liq eskirish hisoblangan ob’ektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda asosiy fondlar qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga ko’paytirilishi lozim. Tuzatish kiritilgan eskirish summasi bilan qayta baholashgacha bo’lgan eskirish summasi o’rtasidagi farq asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar kreditida (oshgan taqdirda) va debetida (kamaygan taqdirda) zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling