«Bujet xisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasi «Byudjet Hisobi» fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni tashkil etish
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining huquqiy asoslari
Download 130.31 Kb.
|
Камолов Акром ММС 61..
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobining huquqiy asoslari.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish. Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar harakatini hisobda asks ettishish. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Kirish.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiyshda asosiy vositalarning urni nixryatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol uynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish kuvvatini badolash mezoni bo‘lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi. Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. «Asosiy vositalar» nomli O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (8-sonli BHS) «Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar» (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi hamda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) ko‘chmas mulk, bino va jihozlar (bundan buyon matnda asosiy vositalar deb yuritiladi) hisobini yuritish tartibini belgilaydi. Korxonalar da asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim: asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida .hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish; asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish; asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bulib, ularni hisobga olishni tashkil qilish; asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy xxujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash; ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga kadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim xollarda ularning saqlanishi uchun ma’sul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish; asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni hisobda to‘g‘ri aks ettirish; ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni aniqlash va bu maksadlar uchun ajratilgan mablag‘larning okilona ishlatilishini nazorat qilish; eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash. Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir, Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruxiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik maishiy xizmat, soglikni saklash, ta’lim va boshqa-larning asosiy vositalari kiritiladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BXMS hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi.Er, kutubxona fondi, mahsuldor hayvonlar Byudjet tashkilotlari, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning vositalari Belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan asosiy vositalar; To‘lik amortizatsiyalangan asosiy vositalar. To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun davri mobaynida ekirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat. Kamayib boruvchi qoldik usuli bo‘yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog‘lik bo‘ladi. Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblashish koeffitsientining maxraji bo‘lgan ob’ektning xizmat muddati yigindisi bilan aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha koladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi. Amortizatsiyani hisoblashishda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda Hisob-kitob qilish mumkin bulmasa, asosiy Yositaning qoldik qiymati nolga teng bo‘ladi. Download 130.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling